Yagona portalda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga oid loyihalar tahlili
03.07.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

gov_3_07_2015

Har qanday mamlakat aholisining yashash, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi, madaniy va ma’rifiy salohiyatini belgilovchi omillardan biri ularning sifatli mahsulotga bo‘lgan talabi va xarid qilish imkoniyati bilan belgilanadi. Internet tarmog‘ining rivojlanishi, banklar tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlari xaridorligi ta’minlanmoqda. Mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishi tushumlar oshishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasida ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, jahon amaliyotida umum qabul qilingan biznesni yuritish sharoitlarini baholash mezonlari tizimini joriy etish va shu asosda mamlakatimizning xalqaro reytingini yanada oshirishni ta’minlash bo‘yicha keng chora-tadbirlar kompleksi qabul qilindi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustivorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratildi. O‘rta mulkdorlar safini shakllantirish. Mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kredit olish, xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish, biznesni tugatish jarayonlari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi.

Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, yer uchastkalarini ajratish, qurilishga ruxsatnomalar berish, elektr tarmoqlariga ulanishda “bir darcha” tamoyillarini ommaviy joriy etish bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Elektron hukumat tizimini har bir davlat o‘zining mentalitetidan kelib chiqqan holda shakllantiradi, joriy etadi. O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumat tizimini joriy etishda an’analar va qadriyatlarga e’tibor berilmoqda. www.my.gov.uz portalida jismoniy va yuridik shaxslavr uchun 230 ta xizmat yo‘lga qo‘yilgan. Hukumat portalining interaktiv davlat xizmatlari 22 yo‘nalishga ajratilgan bo‘lib, portalning bosh sahifasida “Tadbirkorlik” bo‘limi yaqqol ko‘zga tashlanib, bo‘limda tadbirkorlar uchun yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar joylashtirilgan.

Ma’lumki, Elektron hukumat tizimining asoslaridan biri G2B hisoblanadi. G2B (Government to Business) – Davlat biznesga- tamoyili hisoblanipb, mazkur tizimda yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish. Turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan holda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig‘imlari, to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni onlayn yuborish imkonini berish nazarda tutilgan. . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2164-sonli Qaroriga muvofiq, hujjat rejasiga kiritilgan umumiy 23 ta (shundan 2014-yilga — 18 ta, 2015 yilga – 5 ta) xizmatdan 18 tasi to‘liq tadbiq qilindi.

Bular,

2014-yil, iyun

1. Tadbirkorlar huquqlari buzilishi bo‘yicha shikoyatlar yuborish

2. Kommunal xizmatlar bo‘yicha muammolar yuzasidan shikoyatlarini yuborish

3. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatidan o‘tkazish

4. O‘lchov vositalarining metrologik tekshiruvini o‘tkazish

2014-yil, avgust

5. Avtotransport vositalarini xarid qilish

6. KKMni DSIda ro‘yxatdan o‘tkazish

7. Suv, elektr va gaz ta’minotiga ulanish

8. Tadbirkorlik sub’ektlarining qaytadan tashkil etilishi, tugatilishi va bankrotligi haqida e’lon qilish

9. Shtrixli kodlarning original-maketini tayyorlash

10, 11. Mahsulotlar, xizmatlar va sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlash va akkreditatsiyadan o‘tkazish (2)

12. Tadbirkorlik sub’ektini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilish

13. Elektron tarzda taqdim etilmaydigan davlat, keng tarmoqli va bank xizmatlarini baholash imkoniyati Noyabr 2014y. 14. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish

2014-yil. dekabr

15. Chetdan olib kirilgan tovarlarni Bojxona reeksport tizimiga kiritish uchun elektron ariza berish

16. Yuklarni chetdan olib kelish bo‘yicha vaqtinchalik ruxsatnoma olish

17. Normativ hujjatlarni ekspertiza qilish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun elektron ariza yuborish

2015-yil, mart

18. “Yer maydonlarini ajratish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hujjatlarni kelishish uchun elektron ariza yuborish va qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish”, xizmatlaridir.

2015- yilning yanvar oyida o‘tgan yilga nisbatan murojaatlar soni 62 barobarga o‘sdi. Bunga asosiy sabab esa, yuridik shaxslarning tashqi savdo shartnomalarini Yagona portal orqali Davlat bojxona qo‘mitasiga yuborish xizmatini joriy etilishi bo‘ldi. Yagona portalga taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish ketma-ketligi tizimini tadbiq etish xizmati bo‘yicha foydalanuvchilar uchun bosqichlar holati to‘g‘risida ogohlantirish shakli yo‘lga qo‘yildi hamda uning takomillashtirilgan sxemasi ishlab chiqildi.

“Tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlar berish xizmati”dan foydalangan holda tadbirkorlar 80,0 mingdan ortiq murojaat yuborishgan. Adliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Tekshiruvlar onlayn registratsiya kitobi” Yagona portal orqali integratsiyasi qilish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-yanvardagi majlisida belgilab berilgan eng muhim ustuvor vazifalarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasida 2014-yil 25-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisdagi topshiriqlar asosida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2014-yil 31-yanvardagi 1-son qarori bilan qonunga itoatkor 595 ta tadbirkorlik sub’ektlarida rejalashtirilgan tekshirishlar, shuningdek 32 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardagi tekshirishdan ayrim nazorat qiluvchi organlar ishtiroki 2014- yil tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarildi. Bular “Tekshirishlarni qayd etish elektron daftari”da o‘z aksini topgan.

2015-yilda quyidagi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda:

— Fuqarolarning notarius qabuli navbatini onlayn ro‘yxatga olish uchun elektron ariza yuborish;

— Bojxona brokerlarining guvohnoma nomeri tartibini taqdim qilish;

— T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish va to‘ldirish;

— Interaktiv xizmatlarni joriy etish va rivojlantirish bilan birgalikda bek-ofis xizmatini hisobga olish. Murojaatlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Davlat organi kabinetini yaxshilash va axborot tizimlari bilan ulash.

— Yagona portalda idoralaro interaktiv aloqani yo‘lga qo‘yish;

— Litsenziya kelishuvlari ijrosi bo‘yicha yuboriladigan hisobotlarni joriy qilish;

— Elektron raqamli imzo (ERI) modulini takomillashtirish; — “Tadbirkorlik kabinetida” internet-banking tizimi orqali soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, kommunal to‘lovlar, yig‘imlar, davlat to‘lovlari, ruxsat etish va litsenziya xarakteridagi hujjatlarni yuborish bo‘yicha qulayliklar yaratish;

— Toshkent shahrida vaqtinchalik xorijga chiqishga ruxsat etuvchi stikerni to‘ldirishga anketalarni rasmiylashtirish; — Plastik kartalari orqali to‘lovlar, jarima va boshqa to‘lovlarni to‘lash;

— Erkin almashtiriladigan valyutada eksport qilishda imtiyozli preferensiyalarni qo‘llashni asoslash uchun ariza (so‘rovnomalar) qabul qilish;

— Yagona portalni ommaviy-axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha ishlarga alohida e’tibor qaratish. Shu bilan birgalikda joriy etilgan xizmatlarni maqbullashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Xulosa qilib aytganda, elektron hukumatning tadbirkorlik sohalariga kirib borishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga o‘zining samarali hissasini qo‘shmoqda.

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining mutaxassisi Nigora UMAROVA

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq