”Beeline” yuzlab insonlarni aloqa sifatini o‘lchashga jalb qiladi
03.07.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

beeline_3_07_2015

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini tarmoqda monitoring qilish kabi O‘zbekiston uchun noyob bo‘lgan dasturni ishga tushirmoqda. Mobile Quality Analyzer (MQA) innovatsion moslama yordamida kompaniya ovozli xizmatlar va mobil Internetning doimiy o‘lchovlarini yangi darajaga olib chiqmoqda. Mazkur ilova ОС Android (2.3 Gingerbread versiyasidan boshlab) va iOS (8.1 versiyasidan boshlab) smartfonlarida ishlamoqda. Yaqin vaqt ichida “Beeline” barcha istovchilarga aloqa sifatini o‘rganish va uni yaxshilash maqsadida tarmoq volontyorlari bo‘lib, ilovani o‘z smartfonlariga yuklab olish imkonini beradi.

beeline_3_07_2015_1

Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “MQA bevosita smartfonlardan mobil Internetning tavsifnomasini olishga imkon beradigan tizimni o‘zida mujassam etgan. Mijozlar uchun muhim bo‘lgan narsalar – biz uchun ham muhimdir, shuning uchun o‘lchovlar aynan abonentlar nuqtai nazaridan kelib chiqgan holda asosiy sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha amalga oshiriladi, va bu avvalam bor qulaylik, uzluksizlik va ulanish tezligi. O‘lchov jarayonlari va natijalar yig‘ilishi MQA ilovasi vositalari orqlali foydalanuvchining ishtirokisiz fonli usulda amalga oshiriladi. “Beeline” xodimlari ilk volontyorlarga aylandilar, ayni paytda esa biz kompaniya tashqarisidagi insonlarni jalb qilishni rejalashtirmoqdamiz”.

“Mobile Quality Analyzer” ilovasini joriy qilib, bevosita abonentlarni tarmoq monitoringiga jalb qilgan holda, “Beeline” telekom-soha rivojlanishining yangi sahifasini ochmoqda. MQA o‘lchov natijalari kelgusi ishlash, hisobotlar, grafiklar va boshqa analitik ma’lumotlar yaratish uchun ma’lumotlar bazasida saqlanib qoladi. Tarmoq holati va drive-testlar natijalarining ichki monitoring jarayoni ushbu ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi, buning natijasida tarmoqni takomillashtirish va samarali rejalashtirish uchun to‘liq analiz yaratib beriladi.

beeline_3_07_2015_2

“Bugun “Beeline” o‘zining innovatsion yetakchi va yetuk xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya maqomini yana bir bor tasdiqladi, — belgilab o‘tdi “Unitel”ning mijozlar tajribasini rivojlantirish loyihasi rahbari Oraz Abdurazakov. – MQA – bu nafaqat mijozlar manfaati uchun ishlash, balki mijozlar bilan birgalikda ishlashdir – “Beeline” tarmog‘ini modernizatsiya qilish va rivojlantirish yo‘lidagi birgalikdagi faoliyatdir. Albatta, biz an’anaviy usullar yordamida doimiy ravishda tarmoq monitoringi bilan shug‘ullanamiz, lekin yuzlab, kelgusida esa minglab abonent moslamalaridan kelgan xizmatlar sifati haqidagi ma’lumotlar oqimi — mijozlar tajribasini haqiqiy tushunish uchun yangi daraja, miqyoslikning yangi andozasi va o‘lchovlarning samaradorligidir”.

“Mobile Quality Analyzer” dasturida ishtirok etish va ilovani yuklab olish haqida “Beeline O‘zbekiston”ning Facebook sahifasida qo‘shimcha e’lon qilinadi
https://www.facebook.com/beeline.uz

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq