Yagona portal — aholi manfaatlarining ko‘zgusi
02.07.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_2_07_2015

UZ domen zonasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga “bir oyna” tamoyili asosida interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatadigan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushganligiga bugun ikki yil bo‘lmoqda. My.gov.uz internet manzilida faoliyat olib boruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — foydalanuvchilarning interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanishini, shuningdek elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlovchi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalidagi ma’lumot-axborot portali hisoblanadi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanuvchi fuqarolarga foydalanuvchining shaxsiy kabineti taqdim etiladi.

gov_2_07_2015_1

Foydalanuvchining shaxsiy kabineti nima?
Foydalanuvchining shaxsiy kabineti interaktiv davlat xizmatlari olishda davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlar uchun o‘zida foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlar, mavjud bo‘lgan Yagona portaldagi elektron resursdir. Yagona portal foydalanuvchilar tomonidan interaktiv davlat xizmatlaridan, shu jumladan pulli asosda erkin foydalanish maqsadida tashkil etilgan.

Yagona portalda “yangi formatdagi xizmatlar” ko‘rsatiladi. Bu interaktiv davlat xizmatlaridan real vaqt rejimida foydalanishning yagona nuqtasi orqali foydalanish mumkinligini anglatadi. Bugungi kunda saytda iqtisodiyot va jamiyat hayotining turli jabhalarini o‘z ichiga olgan 245dan ziyod xizmat taqdim etilyapti. Bundan tashqari, tadbirkorlar uchun turli sohalarda tegishli litsenziyalar olish uchun arizalarni jo‘natish xizmati tashkil qilingan.

Yagona portalda asosiy e’tibor fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga qaratilgan. Bu yerda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari davlat va xo‘jalik bashqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlariga murojaatlarini taqdim etishi mumkin. Davlat organlarining foydalanuvchilar arizalari va murojaatlarini ko‘rib chiqish holati to‘g‘risida dolzarb axborot beradigan “Statistika” moduli yagona portalning asosiy elementlaridan biridir. Ushbu modul davlat organlari faoliyatining ochiq va oshkoraligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu kelgusida davlat organlari hamda aholi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirishga yordam beradi. Yagona portal orqali 23 yo‘nalishda 245dan ortiq xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 600 ta davlat boshqaruvi organi va ularning bo‘linmalari portalga ulangan.

gov_2_07_2015_2

Portal ishga tushganidan ber unga 252 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, aksariyat murojaatlar yuridik shaxslardandir. Bu esa YaIDXP orqali tadbirkorlikka oid masalalarni tez va oson yechilayotganligining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.

gov_2_07_2015_3

Yagona interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish qulay va tezkorligini aholidan portalda qoldirilayotgan murojaatlardan ham bilish mumkin. U aholi manfaatlarini ko‘zlaydi. Portal xizmatlaridan foydalaning, ularni xizmat ko‘rsatish darajasiga ko‘ra ovoz bering, portalga yangiz xizmatlarni taklif eting. Portalning takomillashuvi ko‘p jihatdan Siz-mamlakatimiz fuqarolariga bog‘liq.

Bizga yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanaylik, Aziz zamondosh!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq