Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistrlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
01.07.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

tuit_1_07_2015

2015 yil 27 iyun kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistrlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

An’anaviy ravishda tashkil etib kelinadigan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, sohaning yetakchi korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga asosan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab magistratura bo‘limi ochilgan. O‘tgan yillar davomida universitetda 1982 dan ortiq malakali kadrlar tayyorlanib, magistr darajasiga ega bo‘ldilar. 2015 yilda 5 ta mutaxassislik bo‘yicha 152 nafar magistrlar dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, “magistr” unvoniga ega bo‘lishdi.

Universitetda magistrlarni bilim olishlari va ilmiy faoliyat olib borishlari uchun hamma imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kunda katta fondga ega bo‘lgan axborot resurs markazi, virtual laboratoriya ishlari va ma’ruza matnlari bilan boyitilgan elektron kutubxona magistrlar xizmatida. Bundan tashqari, internet tizimidan keng foydalanish ham yo‘lga qo‘yilgan. Universitet magistrlari xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlarida ham malakalarini oshirib kelmoqdalar.

Bu yilgi bitiruvchilarning magistrlik dissertatsiyalarini yuqori darajada tayyorlanganligi Davlat attestatsiyasi Komissiyasi tomonidan alohida ta’kidlab o‘tilgan. Ayniqsa, 30 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalarining chet tillarida himoya qilinganligi e’tiborga sazovordir.

TATU magistraturasi mutaxassislar tayyorlashda respublika hududida joylashgan xorijiy kompaniyalar, firmalar va banklarning filiallari bilan hamkorlik qiladi. Bular qatoriga O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “O‘zbektelekom” AK, “Matbuot tarqatuvchi”, “O‘zbekiston pochtasi”, “Bilayn”, “Ist telekom” va boshqa bir qator kompaniya va tashkilotlar kiradi.

Kelajakda yanada yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida xorijiy mamlakatlar universitetlari professorlarini, jumladan, Hindiston, Malayziya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardan taklif etish rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq