“Geometriya” elektron o‘quv qo‘llanmasi
01.07.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mualliflar — X.E.Tangirov va B.N.Alimov kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan «Geometriya» elektron o‘quv ko‘llanmasini ishlab chiqdilar. Ushbu qo‘llanma interaktiv teskari aloqani tashkil etish orqali kasb-hunar kollejlarida geometriya kursini o‘qitish jarayonining uzluksizligi va to‘laligi hamda kasbga yo‘naltirilganligini ta’minlash maqsadida yaratilgan.

Mazkur elektron qo‘llanmadan foydalanuvchilar dasturning menyusi yordamida ixtiyoriy dars mavzusini tanlash va boshqa mavzuga tezkor o‘tish, oldingi va navbatdagi mavzu va boblarga o‘tish, mavzuga doir testlarni yechish orqali o‘z-o‘zini baholash, qo‘shimcha dasturlardan foydalanish, geometriya kursi bo‘yicha o‘rganilgan tushunchalarga tezkor o‘tish va dasturdan chiqish kabi bir qator ishlar ko‘lamini osongina bajarishlari mumkin. Mualliflarga mazkur qo‘llanma uchun № DGU 03115 raq’amli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq