Архивы Июль 2015
Yangi interaktiv xizmat ishga tushirildi
31.07.2015
Рубрика: Internet.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ yangi zamonaviy interaktiv xizmat “Davriy nashrlarga Internet obuna” xizmati ishga tushirilganligini e’lon qiladi. Endi har bir xohlovchi Jamiyatning veb-sayti (www.pochta.uz) vositasida bank to‘lov kartochkasi scheti orqali obunani rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.

Автор: .
YIDXPda yil boshidan beri 19 ta xizmat turi joriy etildi
31.07.2015
Рубрика: Sharh va fikr-mulohazalar.

gov_31_07_2015

Bugungi kunga kelib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulangan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlari, ularning tizim va hududiy bo‘linmalari soni 650 ta yetdi. Yil boshidan beri 27,4 mingta tadbirkorlik sub’ekti Internet tarmog‘i orqali portalda ro‘yxatdan o‘tgan, 170,8 ming bojxona yuk deklaratsiyalari (umumiy miqdordan 99,9%) elektron usulda rasmiylashtirildi. Tadbirkorlik sub’ektlarining soliq va statistika hisobotlari to‘laligicha elektron tarzda topshirilishiga erishildi.

Автор: .
Davlat saytlarining takomillashuvi fuqarolarga qulaylik yaratadi
30.07.2015
Рубрика: Intervyu.

gov_30_07_2015

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013- yil 31- dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 355-son qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi ekspertlari tomonidan har chorakda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holati tahlil qilinib, reytingli baholash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Автор: .
Diskret – uzluksiz multimedia tizimlari
30.07.2015
Рубрика: Sharh va fikr-mulohazalar.

Diskret — uzluksiz tizim-tabiatan turli ko‘plab elementlar (matn, ovoz, audio, videolavha va boshqalar)dan, xususan, holati uzluksiz jarayonlar bilan ifodalanuvchi, cheklangan muddatli va elementli tizimni tahlili uchun hodisa ta’sir vaqtining muhim bo‘lmagan holatlarini diskret jarayonlar bilan ifodalovchi parallel va tarmoqlangan dinamik tizim hisoblanadi.

Автор: Saida Beknazarova.
“Axborotlashgan jamiyat” shakllanishining ilmiy va nazariy asoslari
30.07.2015
Рубрика: Sharh va fikr-mulohazalar.

axb_30_07_2015

Keyingi davrlarda axborotning tobora oshib borayotgani hamda ishlab chiqarishda AKT’ning keng qo‘llanilishi, rivojlanish asosini — bilim, ilm-fan, inson kapitali kabi nomoddiy intellektual resurslar tashkil etuvchi yangi turdagi jamiyat — «axborotlashgan jamiyat»ning shakllanishiga olib keladi. «Axborotlashgan jamiyat» tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan bo‘lib, ilk marotaba 1966-yilda Yaponiyada ilmiy-texnik va iqtisodiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini yuritgan bir guruh olimlarning ilmiy ma’ruzalarida qo‘llanilgan. Ma’ruzada axborotlashgan jamiyat o‘zida yuqori sifatli axborotni mujassam etuvchi, uni saqlash, tarqatish va foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan jamiyat sifatida aks etgan.

Автор: Surayyo Otaqo‘ziyeva.
YIDXP orqali Toshkent viloyatida interaktiv xizmatlarning hayotda qo‘llanilishi
30.07.2015
Рубрика: Sharh va fikr-mulohazalar.

uz_30_07_2015

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30- dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 378-sonli qarori ijrosini sifatli ta’minlash hamdajismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xizmatlari va funksiyalaridan elektron ko‘rinishda foydalanishni ta’minlash maqsadida “my.gov.uz” Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi.

Автор: .
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida 2015 yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
28.07.2015
Рубрика: Sharh va fikr-mulohazalar.

2015 yilning 27 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining 2015 yilning I yarim yilligida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Автор: .
Аloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nurjov Soatov bilan blits-intervyu
28.07.2015
Рубрика: Intervyu.

gis_28_07_2015

2015-yil I yarim yillikda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq 13ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshirishlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 13ta ko‘rsatmalar berildi.

Автор: .