Qiziqarli fAKTlar
30.06.2015
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: .

shum_16_06_2015

AKT sohasida qiziqarli ma’lumotlarni hikoya qilishda davom etib, navbatdagi sahifamizni shovqindan himoyalanishda foydalaniladigan qurilmalarga bag‘ishlaymiz.

Shovqin — mehnat mahsuldorligini yo‘qotish sababchisidir!
Bilasizmi, avtomashinalar harakatidan ko‘chalardagi doimiy shovqin darajasi, changyutkichning ishlashdagi shovqini, ofislardagi uskunalar va xodimlar shovqini — deyarli barchasi bir xil 80 detsibel (dB)gacha darajani tashkil etadi. Endi tasavvur qiling, bunday «tinch» ofisda haftasiga 5 kun ishlaydilar… Ish joylarida shovqinning me’yoriy va standart bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan darajasi 50–60 dB.dan iborat etib belgilangan, biroq bu me’yorga doim rioya etiladimi?

Tovush diapazoni shovqini insonning texnik qurilmalar signallaridan ta’sirchanligini kamaytiradi va bu uning diqqatini pasayishi hamda turli ishlarni bajarishda xatolar ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Shovqin markaziy asab tizimini ezadi, nafas olish va pulsni tezlashtiradi, modda almashuv jarayonlarining buzilishiga, yurak-qon tomir kasalliklari, oshqozon yarasi, gipertonik kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Yuqori darajada shovqin (140 dB.dan ortiq) ta’sirida quloq pardasi yorilishi, kontuziya yuzaga kelishi, undanda yuqori (160 dB.dan ortiq) darajasi esa — o‘limga olib borishi mumkin.

Yevropa kompaniyalari orasida o‘tkazilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, ofislardagi yomon akustika va shovqinli hamkasblar xodimlar ish mahsuldorligini keskin pasaytirar ekan.

Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyada o‘tkazilgan Plantronics (Buyuk Britaniyadan 89,9%, Germaniyadan 96,5%, Fransiyadan 93,5% respondentlar ishtirok etgan) tadqiqotlarda aniqlanishicha, ofis shovqini xodimlar ishi sifatiga salbiy ta’sir etadi. Kompaniyalar ofis binolaridagi shovqindan chalg‘ib o‘z vazifalarini bajara olmaydilar, xodimlar esa ishda diqqatlarini jamlay olmaydilar.

shum_16_06_2015_1

Shovqindan to‘siqqa ega bo‘lmagan ochiq ofislar jiddiy salbiy ta’sirdan holi bo‘lmaydi. Tadqiqotlarda har uch (Buyuk Britaniyadan 54,1%, Germaniyadan 65,1% va Fransiyadan 65,5% respondentlar) davlat xodimlarida shovqinning umumiy samarasi ish mahsuldorligining tushib ketishiga olib keladi deb hisoblaydilar hamda atrof-muhit shovqinsiz bo‘lsa, samaradorlik yuqori bo‘lishini ta’kidlaganlar. Yuqori darajadagi shovqin barcha mamlakatlarda bemorlarda ko‘p uchraydigan shikoyatlardan ma’lumki, ruhiy zo‘riqish va boshqa jismoniy kasalliklar, masalan, bosh og‘rig‘i va migren sababchisi bo‘lishi mumkin. So‘rov o‘tkazilgan xodimlar ularning kompaniyalarida shovqin muammosini hal etish uchun hech qanday yoki yetarli darajada chora ko‘rilmaganligini ma’lum qilganlar. So‘rov o‘tkazilgan 60% respondentlar yuqori darajada shovqindan qutilish uchun quloqlariga maxsus garniturani tiqib, musiqa tinglab ishlashlarini ma’lum qilganlar.

shum_16_06_2015_2

Ishlashning yangi usullari
O‘rtacha hisobda barcha respondentlarning faqat yarmi (Buyuk Britaniyadan 47,7%, Germaniyadan 51,4% va Fransiyadan 51,3%) doim ilgaridagidek, haftasiga besh kun ishlayotganlarini ta’kidlaganlar. Davr o‘zgarishlari bilan ish kuni va jadvallari ham o‘zgarib bormoqda — qayd etilgan ish joyida ishlaydiganlar soni kamayib, ish jadvalini ochiq rejalashtirish turi ham ko‘payib bormoqda. Mazkur ishlashning yangi usuli murakkab shovqinli muhitda jiddiy akustik qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Buning natijasi sifatida Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyadagi ishchi-xodimlar hamkasblarining shovqinini ofisdagi eng katta muammo deb hisoblaydilar.

«Akustika ishchi-xodimlar ishining mahsuldorligi va undan qoniqishlarida katta ahamiyat kasb etadi, — deydi, Plantronics kompaniyasining Yevropa va Afrika mintaqasi bo‘yicha katta vitse-prezidenti va boshqaruvchi direktori, Filip Vanxut (Philip Vanhoutte). — Kompaniyalar tovushli sovqinlar qanchalik darajada ish mahsuldorligiga ta’sir etishini tushunishlari va mazkur muhitni o‘zgartirish uchun zarur choralarni amalga oshirishi kerak. Bu holat ishda, ofisda, aeroportda, qahvaxona yoki uyda bo‘lishidan qat’iy nazar, ishonch bilan ta’kidlaymizki, xodimlarga to‘g‘ri kommunikatsion yechimlar juda zarur».

Shovqinli muhitdan himoyalanish uchun garnitura
Ishbilarmonlik muzokaralari qayerda o‘tkazilishi va qanday qurilmalardan foydalanilishidan qat’iy nazar, talabga javob beradigan bo‘lishi zarur. Afsuski, tadqiqot natijalari (Buyuk Britaniyadan 63%, Germaniyadan 51% va Fransiyadan 59,8% respondentlar javoblari)ga ko‘ra, shovqinli muhitda telefonda muloqot qilish juda qiyin, hal etilmagan masalaligicha qolmoqda. Plantronics Unified Communications uchun to‘rtta yangi mahsulot paydo bo‘lishi bilan ofis xodimlari ofisda va boshqa shovqinli joylarda xotirjam mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin bo‘ldi.

shum_16_06_2015_3

Yangi ilova Plantronics Unified Communications uchun yaratilgan ofis shovqini sharoitlarida qo‘llanadigan shovqindan faol himoya qiluvchi birinchi stereogarnitura (ANC) Blackwire 725dan iborat.

shum_16_06_2015_4

Voyager Edge UC — Bluetooth-garniturasi Voyager qatoridagi yangi model bo‘lib, mobil ishchi-xodimlar uchun mo‘ljallangan. Calisto 610 portativ simsiz spikerfoni Unified Communications texnologiyasi bo‘lib, yo‘llarda foydalanish imkonini beradi. Endi xodimlar ofisda ham, yo‘llarda ham atrofdagi shovqinni nazorat qilish, boshqalar gapini aniq eshitish va o‘zlarining gaplarini ham eshitilishini ta’minlovchi qurilmaga ega bo‘ldilar.

Plantronics kompaniyasi haqida
Plantronics — Biznes va kundalik hayot uchun audioqurilmalar ishlab chiqarish sohasida jahonda yetakchi kompaniyadir. 50 yildan ortiq vaqt mobaynida odamlarga oson va qulay muloqot qilishlari uchun audiotexnologiyalar sohasida ish yuritib, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqadi. Unified Communications va Bluetooth® dan to geymerlar yechimlari uchun taqdim etiladigan barcha garnituralar sifatli va tengsiz funksionallikka ega deb, ta’kidlanadi www.plantronics.ru manzilida.

Shovqinning detsibellarda (dB) o‘lchanadigan darajasi
Haqiqatdan ham ko‘pincha shovqinning darajasi me’yordan ortiqcha bo‘ladi. Quyida hayotimizda duch keladigan ayrim shovqinli tovushlarning qancha detsibel (dB)ga tengligini ko‘rsatuvchi misollarni ko‘rib chiqamiz:

  • suhbat shovqini 45 detsibel (dB)dan 60 detsibel (dB)gacha, ovoz balandligiga bog‘liq holda;
  • avtomashinalar shovqini 120 detsibel (dB)gacha;
  • to‘xtovsiz ko‘cha harakati shovqini — 80 detsibel (dB)gacha;
  • bolalar yig‘isi — 80 detsibel (dB)gacha;
  • bir xil ofis, changyutkich shovqini — 80 detsibel (dB)gacha;
  • mototsikl, poyezd shovqini — 90 detsibel (dB)gacha;
  • tantanalardagi musiqa shovqini — 110 detsibel (dB)gacha;
  • samolyot shovqini — 140 detsibel (dB)gacha;
  • ta’mirlash ishlari shovqini — 100 detsibel (dB)gacha;
  • ovqat tayyorlashdagi shovqin — 40 detsibel (dB)gacha;
  • o‘rmon shovqini 10dan 24 detsibel (dB)gacha;
  • shovqinning o‘limga olib keluvchi darajasi, portlash tovushi — 200 detsibel (dB)gacha.

Ko‘rinib turibdiki, ko‘pchilik me’yordan ortiq shovqin holatlariga deyarli har kuni duch kelamiz. Bular asosan tabiiy shovqinlar bo‘lib, ularning oldida biz noilojmiz. Bulardan tashqari, televizor, yuqori darajada baland musiqa shovqini mavjud. Bular eshitish a’zolarimizga katta zarar keltiradi.

Shovqinning qanday darajasi zararli hisoblanadi?
Shovqin darajasi 70–90 detsibel (dB)ga yetsa va uzoq vaqt mobaynida davom etsa, unda shovqin markaziy asab tizimining turli kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin. 100 detsibel (dB)dan ortiq shovqinning uzoq ta’siri eshitish darajasini tushirib, hatto to‘liq karlikka olib borishi mumkin. Shu sababli shovqinli musiqadan huzurlanishdan ko‘ra ko‘proq zarar ko‘ramiz.

Shovqin ta’sirida nimalar sodir bo‘lishi mumkin?
Eshitish apparatiga tajovuzkor va uzoq davom etadigan shovqin ta’siri quloq pardasining yorilishiga sabab bo‘ladi. Buning oqibatida quloqning eshitish darajasini tushirib, hatto to‘liq karlikka olib borishi mumkin. Aslida, mazkur holatni davolash mumkin bo‘lsada, (ya’ni quloq pardasi qayta tiklansada), biroq tiklanish jarayoni juda uzoq va ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi. Har qanday holatda, quloq pardasini davolash shifokorlardan jiddiy bilim va vaqtni talab etadi.

Raqamli shovqin o‘lchagich. Shovqin o‘lchagich — tovush darajasini aniq o‘lchash asbobidir. Shovqin o‘lchagichning umumiy sxemasi odam qulog‘i xususiyatiga mos etib tanlangan.

Eshitishning yomonlashishiga qanday qilib, yo‘l qo‘ymaslik mumkin?
Endi eshitishga yomon ta’sir etuvchi sabablarni bilib olganimizdan keyin barchamiz salbiy ta’sir etuvchi shovqindan himoyalanishimiz zarur. Ba’zan quloqlarimizga dam berishimiz: tinch va sokin muhitda bo‘lish, shovqin darajasi baland bo‘lgan joylardan uzoqroq yurish, musiqa, televizor va boshqalar ovozini pasaytirish zarur. Xulosa qlib aytish mumkinki, tinchlik, xotirjamlikda qanchalik ko‘p vaqt bo‘lsak, shunchalik eshitish a’zo-larimizni tiklab, bizga uzoq xizmat qilishiga ishonch hosil qilishimiz mumkin.

Manba: www.blogozdorovie.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq