Google Analytics’ning ishlash tamoyili va tahlili
30.06.2015
Rukn: Internet, Texnologiya.
Muallif: T.O.Mirzakulov, K.B.Axmedjanova, SH.O. Iskandarova,.

google_30_06_2015

Google qidiruv giganti tomonidan taklif etiladigan, Google Analytics o‘ziga xos servis bo‘lib, u o‘zida statistik saytni ifoda etadi. U trafik manbalari va kalitli so‘zlar marke bo‘yicha statistika kabi muhim elmentlarni o‘z ichiga oladiki, ular o‘z navbatida, marketing kompaniyasi bilan yordam ko‘rsatadi.

«Google Analytics»ning ikkita naqli mavjud:

  • bazaviy bepul xizmat ko‘rsatish;
  • haq evaziga taqdim etiladigan ilg‘or xizmatlar.

Haq evaziga taqdim etiladigan xizmatlarni ko‘rib chiqishning hojati yo‘q, chunki ushbu servisda bepul funksiyalar ham yetarlicha. Google Analytics kuchli vosita bo‘lib, marketologlar salohiyatli mijozlar qayerda mavjudligini va ular qanday asosiy so‘zlarni izlayotganliklarini aniqlash uchun foydalanishlari mumkin. Bu o‘z navbatida, ularga SEO’ning eng yaxshi natijalarga ega bo‘lishlari uchun oldinga surilayotgan sayt sahifalariga qanday asosiy kalit so‘zlar joylashtirilishi lozimligini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Garchi, mazkur xizmat har bir xohlovchi tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘lsada, Google Analytics aslida, saytni rivojlantirishda ushbu ma’lumotlarni olish va amaliyotda muhim ahamiyatli natijalarni qanday qilib olish mumkinligini biladigan marketing bo‘yicha mutaxassislarga mo‘ljallangan. Google Analyticsning afzalligi, u biz foydalanadigan «Google»ning barcha xizmatlari bilan sukutli bog‘langan, agarda Adwords reklama kampaniyasini ishga turishni xohlasangiz, uning natijalarini «Google Analytics» yordamida ham kuzatish mumkin bo‘ladi.

Vositalar paneli bu — «Google» analitikasi bilan ishlash uchun bizning bosh sahifamiz bo‘lib, bir nigoh tashlashning o‘zida yetarlicha ko‘plab ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Ba’zan, agarda vaqt tig‘iz bo‘lsa, shuning o‘zi bilan cheklanish mumkin, chunki kirib ko‘rishlar, sahifalarni ko‘rib chiqish, saytda bo‘lishning o‘rtacha vaqti va rad javoblari ko‘rsatkichlari kabi ma’lumotlarni shu yerning o‘zida ko‘rish mumkin bo‘ladi. Yuqorigi grafik sukutan (po umolchaniyu) «Kirib ko‘rish» parametri bo‘yicha quriladi, vaqt o‘lchov birligi sifatida esa, kunlar olinadi. Biroq bularning barchasini o‘zingiz uchun qulayroq va to‘g‘riroq qilib, qayta qurish mumkin. Parametr sifatida sahifalarni necha marta ko‘rib chiqilganligini, rad javoblari ko‘rsatkichi va hokazolarni tanlash mumkin (rasmda — to‘g‘ri to‘rtburchak yuqori qismining chap tomonida tanlanadi), vaqt o‘lchov birligi sifatida esa, kun, hafta yoki oyni tanlash mumkin (rasmda — yuqorigi o‘ng tomonda tanlanadi).

google_30_06_2015_1

Vositalar paneli

Shuningdek, o‘z holiga ko‘ra vaqt davri sifatida tizim yuqoridagi o‘ng tomonda bo‘lgan taqvim yordamida bir oyni oladi (bugungi kundagiga nisbatan avvalgi), sanalarning istalgan diapazonini tanlab olish mumkin. Ko‘pincha taqqoslash funksiyasidan foydalaniladi, buning uchun «O‘tmishga nisbatan» maydonida belgi qo‘yish va u yoki bu parametrlarni taqqoslamoqchi bo‘lgan vaqt davrini tanlash lozim.

google_30_06_2015_2

Statistika davri

Yuqori qismdagi chap tomondagi menyuda quyidagi bo‘limlar mavjud:

  • xabar berishlar;
  • kirib ko‘ruvchilar;
  • trafik manbalari;
  • mazmuni;
  • maqsadlar.

Bunda biz kirib ko‘ruvchilar, trafik manbalari va mazmun — bular sayt haqidagi asosiy ma’lumotlardir. Aynan ushbu bo‘limlarning mazmuni Vositalar paneliga yuqorigi grafikda va «Saytdan foydalanish» ma’lumotlari bilan o‘z holiga ko‘ra chiqarib ko‘rsatilgan.

Ha aytgancha, ushbu barcha bloklarni o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqarish mumkin: agarda, misol uchun, kirib ko‘ruvchilar kartasini har kuni tomosha qilgingiz kelmasa, ushbu blokning yuqori o‘ng burchagidagi «X»ga bosing va u yo‘qoladi. Uning o‘rniga boshqa modulni kerakli bo‘lgan hisobotning sahifasiga o‘rnatish mumkin — har bir hisobotning yuqori qismida to‘g‘ri to‘rtburchak «Vositalar paneliga qo‘shish» tugmasi mavjud. Statistikaning istalgan tizimida eng qiziqarli bo‘lim: bu yerda kirib ko‘ruvchilar qaysi saytlardan kelganliklarini, qidiruv buyrug‘idan o‘tishlar foizi qandayligini, qaysi kalitli so‘zlar bo‘yicha kirilganligi va hokazolarni bilib olish mumkin.

«A» saytidan sizning saytingizga bir vaqtning o‘zida ko‘p tashrifchilar kirgan bo‘lishlari mumkin (masalan, 100ta tashrif), «B» saytidan esa — atigi 15ta. Biroq bu «A» sayti egasi bilan uzoq muddatli hamkorlik haqida kelishishingiz lozimligini anglatmaydi. Axir «A» saytining barcha tashrifchilari aniq maqsadli bo‘lmaganliklari va atigi bitta sahifa mazmunini ko‘rib chiqiboq undan chiqqan bo‘lishlari mumkinku? «B» saytidagi foydalanuvchilar saytda anchagina vaqtlarini o‘tkazganlar, yana bir necha maqolalarni o‘qiganlar va ular kelajakda yana qaytishlarini taxmin qilish mumkin. Bunday xulosalarni mazkur hisobot ma’lumotlari — ko‘rib chiqilgan sahifalar, saytda bo‘lganlik vaqti, yangi tashriflar foizi (%) va rad javoblari ko‘rsatkichini tahlil qilgan holda chiqarish mumkin.

Aytganday, bu va ba’zi boshqa ichki hisobotlarda raqamli jadval o‘rnida foiz hisobidagi rangdor grafikni (doiraviy diagrammani) yoki gistogrammani (ustunchalarni) ko‘rishingiz mumkin. «Qidiruv tizimlari» hisobotida biz saytga tashrifchilar kelgan qidiruvchilar (qidiruv tizimlari) ro‘yxatini ko‘ramiz. Misol uchun, «yandex»ga bosganimizda, saytga aynan «yandex»dan kelganlarning kalitli so‘zlari ro‘yxatini olamiz. «Google»dan qaysi so‘zlar orqali kelayotganlarni ko‘radigan bo‘lsak, so‘zlarning umuman boshqa ro‘yxatini ko‘ramiz. Ushbu ikkita qidirish tizimlari uchun saytning farqi nimadaligini tahlil qilishni va qanday qilib saytni ularning har biri uchun optimallashtirish (maqbullashtirish)ni boshlash mumkin bo‘ladi.

«To‘g‘ridan-to‘g‘ri trafik» ilovasi bu — brauzerning manzil satriga saytingizning manzilini qo‘ygan tashrifchilardir, ya’ni ularni qandaydir dalil qilib ko‘rsatuvchi sayt yuborgan emas, ularning o‘zlari yuborganlar. Ushbu «to‘g‘ridan-to‘g‘ri» tashrifchilar ichida, agarda ularga filtr qo‘ymagan bo‘lsangiz, o‘zingizning shaxsiy kirishlaringiz ham mavjudligini hisobga oling.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har qanday sifatli sayt statistikasining (odamlar uchun mo‘ljallangan) juda muhim tashkil etuvchisi hamdir. Aynan shu yerda saytning qaysi sahifalari eng ommabopligini, qaysilari esa o‘quvchilar e’tiborini umuman qozonmaganligini bilib olish mumkin.

«Sahifa statistikasi» nomli qiziqarli yangi «fishka» — hozircha beta-versiyasida turibdi. Unga bosgach, mazkur sahifada mavjud bo‘lgan har bir havolaga foiz hisobidagi chaqiriqlar sonining saytning ichki sahifasiga ega bo‘lamiz. Bu sizning tashrifchilaringiz matnda qanday sarlavha/modullar/bloklak va shunchaki havolalarni chaqirayotganliklarini, qaysilari esa — e’tiborsiz qolayotganligini bilib olish imkonini beradi — bular tahlil uchun juda muhim vositalardir. Ehtimol, hozircha buning ustida yana ishlashni davom ettirmoqdalar. «Chiqishning eng ommabop sahifalari» — bu «google» tahlilning hisoboti foydalanuvchilar qaysi sahifalardan boshlab saytni tark etayotganliklarini namoyish etadi.

google_30_06_2015_3

Hisobot

So‘nggi ikkita ko‘rsatkichlar bilan chalkashliklar sodir bo‘ladi. Bu haqida Web-metrics (iConText agentligining) saytida batafsil ma’lumot berilgan. Rad etishlar ko‘rsatkichi mazkur sahifaga qayerdandir tashqaridan kirib qolgan, o‘sha sahifaning o‘zidan chiqib ketgan tashrifchilar qancha foizni tashkil qilishini, ya’ni — yoki tashqi saytga havolani bosgan, yoki brauzerni yopgan, yoki manzil satrida boshqa sayt nomini terganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich har bir sahifa uchun alohida hisoblanadi, so‘ngra esa butun sayt uchun o‘rtacha qiymat hisoblanadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq