Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari
30.06.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Amalda bo‘lgan hujjatlarga muvofiq, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “DVB-T” raqamli formatda retranslyatsiya qiluvchi 12 ta milliy telekanallari taqamli televideniedan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lishi shart.

Xususan, «Uzbekiston», «Yoshlar», «Toshkent», «Srort», «Oilaviy», «Bolajon», «Navo», «Madaniyat va ma`rifat», «Diyor», «Dunyo bo`lab», «Kinoteatr» va «Mahalla» ijtimoy telekanallari raqamli televideniedan foydalanuvchilar uchun bepul retranslyatsiya qilinadi.

Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarni ko‘rsatishicha, ko‘pgina Provayderlar ko‘rsatgan xizmatlari uchun iste‘molchilar tomonidan haq to‘lanmagan hollarda, yuqorida ko‘rsatilgan 12 ta bepul retranslyatsiya qiluvchi milliy telekanallarni ham o‘chirish holatlariga yo‘l qo‘yganlar.

Ta’kidlash joizki, “Uzdigital TV” MCHJ abonentlarining hisob raqamlarida pul bo‘lmagan hollarda, provayder faqat pullik kanallarni o‘chirishi, qolgan 12 ta bepul namoyish etiladigan ijtimoiy telekanallar retranslyatsiyasini davom ettirishi shart.

Shu munosabat bilan, shuningdek iste’molchilarning huquqlarni himoya qilish maqsadida Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, ko‘rsatilgan xizmat uchun vaqtida haq to‘lanmagan hollarda, pullik telekanallar bilan bir qatorda bepul ijtimoiy telekanallarni ham o‘chirib qo‘yish holatlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etish to‘g‘risida xat bilan murojaat qilindi.

Ushbu xolat bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbektelekom” AK, “Uzdigital TV” MCHJ, “Maks Layn” va “O‘zbekiston Kabel Televideniyasi”ga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun iste’molchi tomonidan haq to‘lanmagan hollarda, yuqorida ko‘rsatilgan 12 ta ijtimoiy telekanallarni retranslyatsiya qilishni davom ettirish shartligi to‘g‘risida xat yuborildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq