Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining elektron kutubxonasi
29.06.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Ulug‘bek Karimov, O‘ktam Karimov.

bit_29_06_2015

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2014-yilda himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalarning va bitiruv malakaviy ishlarining elektron kutubxonasi yaratildi va foydalanishga topshirildi. Elektron kutubxona bazasiga universitetning O‘zbekistonning beshta shahridagi filiallarida tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlari (BMI) va himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalarining to‘liq matnti kiritilgan. Bugungi kunda elektron kutubxona ma’lumotlar bazasida 1400 dan ortiq BMI va magistrlik dissertatsiyalari to‘liq matni mavjud.

Elektron kutubxona avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi (ARMAT-U) asosida yaratilgan bo‘lib, u universitetning «Axborot-kutubxona tizimlari» kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi (ARMAT-U) beshta avtomatlashtirilgan ish o‘rinlaridan iborat bo‘lib, uning ichki formati xalqaro kommunikativ MARC 21 formatiga asoslangan. Bu holat kelusida yaratilgan elektron kutubxona bazasini boshqa oliy ta’lim muassasalari (OTM) elektron kutubxonalari ma’lumotlar bazalari bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi. Elektron kutubxona ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Universitet rektorining topshirig‘iga ko‘ra, universitetdagi barcha kafedralar 2014-yilda bajarilgan BMI va himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalarining elektron shaklini yagona format asosida elektron shaklga o‘tkazdilar. 2015-yildan boshlab, barcha BMI va magistrlik dissertatsiyalari belgilangan tartibda elektron kutubxona ma’lu-motlar bazasiga kiritiladi.

Elektron kutubxona ma’lumotlar bazasidagi matnlar «o‘xshash matnlarni izlashga mo‘ljallangan ekspert tizimi» bazasiga o‘tkazilgach, ekspert tizimi ma’lumotlar bazasidagi o‘xshash matnlarni aniqlashi mumkin. Mazkur ekspert tizimi t.f.n., Jasur Atajanov tomonidan yaratilgan bo‘lib, hozirgi paytda u tajriba-sinov jarayonidan o‘tmoqda. Tizim to‘liq sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng BMI va magistrlik dissertatsiyalari orasidan o‘xshash matnlarni izlashga mo‘ljallangan milliy dastur ishlay boshlaydi. BMI va magistrlik dissertatsiyalarining elektron kutubxonasi va o‘xshash matnlarni qidirishga mo‘ljallangan tizim ishlay boshlaganda bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan ilmiy-tadqiqotlarni olib borishga chek qo‘yiladi

BMI va magistrlik dissertatsiyalarining elektron kutubxonasi foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • BMI va dissertatsiyalarni sarlavhasi, ochqich so‘zlari, mualliflari va boshqa bibliografik tavsif elementlari bo‘yicha tezlikda qidirib topish;
  • Bir marotaba himoya qilingan mavzular bo‘yicha takroriy BMI va magistrlik dissertatsiyalarini bajarilishiga yo‘l qo‘ymaslik:
  • BMI va magistrlik dissertatsiyalarini bajarishda avval bajarilgan mavzular bo‘yicha sharhlar tayyorlash:
  • BMI va magistrlik dissertatsiyalari ma’lumotlar bazasi «avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi» ma’lumotlar bazasidagi o‘xshash matnlarni izlashga mo‘ljallangan «ekspert» tizimi bilan hamkorlikda foydalanilganda o‘xshash matnlarni qidirib topish;

bit_29_06_2015_1

BMI va magistrlik dissertatsiyalari elektron kutubxonasining ma’lumotlar bazasini shakllantirish va o‘xshash matnlarni aniqlashga mo‘ljallangan ekspert tizimining algoritmi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yaratilgan BMI va magistrlik dissertatsiyalarining elektron kutubxonasi va o‘xshash matnlarni izlashga mo‘ljallangan ekspert tizimi tayyorlanayotgan BMI va magistrlik dissertatsiyalari sifatini keskin oshirishga hamda «ko‘chirmachilik»ning oldini olishga xizmat qilishiga umid qilamiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq