TATUda magistrlik diplomlarining topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
27.06.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

tuit_27_06_2015

27-iyun kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistrlarga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.

tuit_27_06_2015_1

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1999-2000 o‘quv yilida magistratura bo‘limi ochilgandi. O‘tgan yillar mobaynida 1982 nafardan ortiq malakali kadrlar tayyorlanib, magistr darajasiga ega bo‘ldi. Magistr chuqur bilimga ega va zamonaviy axborot tsxiologiyalari bilan hammafas, ilmiy faoliyat yuritishga tayyor mutaxassisdir. Universitetda magistrlarga bilim berishdan asosiy maqsad yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashdan iborat.

tuit_27_06_2015_2

Har o‘quv yilida magistrlarga diplom topshirish marosimi universitetda tantanali bayramona ruhda o‘tkaziladi. Ushbu marosimga hurmatli mehmonlar, ustozlar va ota-onalar, umuman, ishtirok etishni xohlagan barcha taklif etiladi. Mazkur tadbir o‘tkaziladigan kun barchaga quvonch bag‘ishlaydi. Magistrlar bilan birga, uztozlar va ota-onalar ham o‘zgacha hayajonlarini yashira olmaydilar.

tuit_27_06_2015_3

Bu yil ham an’anani davom ettirgan holda, qadrli magistrlarga diplom topshirish va ularni kelajak sari mustaqil hayotga kuzatish marosimiga barcha jam bo‘ldi.

tuit_27_06_2015_4

2014-2015 o‘quv yilida 5ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan 152 nafar yigit- qiz – «Magistr» unvoniga ega bo‘ldi.
Universitetning 5ta fakultetida magistratura bosqichi mavjud.

AKT sohasida Iqtisod va menejment fakultetida 2ta mutaxassislik: «AKT sohasida Iqtisod va menejment (tarmoqlar bo‘yicha) Menejment va «Iqtisodiyot» mutaxassisliklarida o‘tgan yillar davomila 243 nafar magistr bitirgan bo‘lsa, 2014-2015 o‘quv yilida bir: «AKT sohasida iqgisodiyot va menejment» mutaxassisligi bo‘yicha 6 nafar magistr yakunlamoqda.

Kompyuter injinering fakultetida bu yil 70 nafar magistr bir mutaxassislik: «Kompyuter injineringi» bo‘yicha tamomladi.

tuit_27_06_2015_5

Dasturiy injinering fakultetida bir: «Dasturiy injinering» mutaxassisligi bo‘yicha 11 nafar magistr magisgrlik dissertatsiyalarini himoya qildi.

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida 5ta mutaxassislik — «Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari». «Axborot o‘lchov tizimlari”, «Mobil aloqa tizimlari», «Radiotexnika qurilmalari va aloqa vositalari» «Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari» bo‘yicha magistrlar tanyorlanib, shu kungacha fakultetni 922 nafar magistr tugatgan bo‘lsa, bu o‘quv yilida bir: «Telekommunikatsiya injineringi» mutaxassisligi bo‘yicha 59 nafar magistr tugatmoqda.

tuit_27_06_2015_6

Kasbiy ta’lim fakultetini esa bu yil bir mutaxassislik: «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik bo‘yicha 6 nafar magistr tugatdi.

Univуrsitetda magistrlarni bilim olishlari va ilmiy faoliyat olib borishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kunda katta fondga ega bo‘lgan axborot resurs markazi, virtual laboratoriya ishlari va ma’ruza matnlari bilan boyitilgan elektron kutubxona magistrlar xizmatida. Bundan tashqari, Internet tizimidan keng foydalanish ham yo‘lga qo‘yilgan. Magistrlarimiz xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida ham malakalarini oshirib kelmoqdalar.

Bu yilgi bitiruvchilarning Magistrlik dissertatsiyalari yuqori darajada tayorlanganligi Davlat attestatsiyasi Komissiyasi tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi. Ayniqsa, 30ga yaqin magistrlik dissertatsiyalarining chet tillarida himoya qilinganligi e’tiborga sazovordir.

TATU magistratura bo‘limi mutaxassislar tayyorlashda respublika hududida joylashgan xorijiy kompaniyalar, firmalar va banklarning filiallari bilan hamkorlik qiladi. Bular qatoriga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «O‘zbektelekom» AK, «Matbuot tarqatuvchi”, «O‘zbekiston pochtasi», «Bilayn», «Ist telekom» va boshqa bir qator kompaniya va tashkilotlar kiradi.

tuit_27_06_2015_7

Kelajakda yanada yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida xorijiy mamlakatlar, jumlalan, Hindiston, Malayziya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar universitetlaridan professorlarni taklif etish rejalashtirilgan.

tuit_27_06_2015_8

TATU Magistr-bitiruvchilari kelgusida respublikamiz aloqa va axborotlashtirish sohasining yanada rivojlanishi uchun o‘z ulushlarini qo‘shadilar, degan umiddamiz.

tuit_27_06_2015_9

Sizga omad TATU magistrlari!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq