“Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy AKTning vazifasi” mavzusida davra suhbati
25.06.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

gov_25_06_2015

2015-yilning 24-iyun kuni Toshkent shahrida “Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy AKTning vazifasi” mavzusida xalqaro davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari va xodimlari, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining mutaxassislari, axborot sohasi mutaxassislari va ekspertlari, nodavlat va notijorat tashkilotlar hamda OAV vakillari, fuqarolik institutlari ishtirok etishdi.

Xalqaro davra suhbatini O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoring instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institute, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklari qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiatsiyasi tashkillashtirdi.

gov_25_06_2015_1

Davra suhbatini O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining spiker o‘rinbosari Sarvar Otamurodov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Xurshid Mirzohidovlar ochib berishib, ushbu davra suhbatining maqsad va vazifalarini, yurtimizda davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy AKTni qo‘llab olib borilayotgan islohatlar xususida bayon etishdi. Xalqaro davra suhbatida axborot texnologiyalari sohasidagi milliy ekspertlar bilan bir qatorda Koreya respublikasi, Yaponiya, Xitoy, Avstraliya, Latviya, Gruziya singari mamlakatlarning mutaxassislari ham ishtirok etishdi.

gov_25_06_2015_2

Suhbat mobaynida axborotlashtirish jarayoni bo‘yicha xalqaro tahriba o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasida ulardan foydalanish istiqbollari yuzasidan mulohazalar bildirildi. Davra suhbati dasturiga muvofiq, tadbir mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimining bosqichli rivojlanish masalalari, izchi8l takomillashib borayotgan AKT sohasidagi qonunchilikka oid 17 ta ma’ruza va taqdimotlar tinglandi.

Davra suhbati muhokamalarida davlat organlari axborot tizimlarini bosqichli integratsiyalash, davlat organlariga aholi va tadbirkorlik subyektlariga masofadan tezkor va samarali xizmatlar soni hamda sifatini ko‘paytirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va resurslarini, ma’lumotlar bazalarini shakllantirishning tashkiliy va huquqiy masalalari yuzasidan tajribalar o‘rganildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq