Koreyalik mutaxassislar smartfonlar bolalarga zararli ekanligidan tashvishlanmoqdalar
24.06.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

kor_24_06_2015

17 yoshlik koreys yigit Xvang Min-xo (Hwang Min-ho) faqat qo‘ng‘iroqlar va qisqa xabarlar jo‘natishdagina foydalangan o‘z smartfonini oddiy telefonga aylantirganidan so‘ng hayoti ijobiy tomonga sezilarli o‘zgarganini ma’lum qildi.

Ilgari u doim hatto darsda ham onlaynda animatsiyalardan foydalangandi, endi esa buning o‘rniga kitob o‘qib, ingliz tilini o‘rganmoqda. Smartfonda tushlikdan keyin odatda mobil o‘yinlari bilan shug‘ullanardi, endi esa ko‘proq do‘stlari bilan muloqot qiladi va basketbol o‘ynaydi. U smartfonsiz darslarda diqqatni jamlashda ancha yengil tortganini, o‘z vaqtida uxlashga yotishi, yaxshi to‘yib uxlashini aytdi.

Uning tengdoshi bo‘lgan Jong Ok-yang ta’kidlashicha unga yangi 2G-telefoni ilgaridagidek, ijtimoiy tarmoqlarda dugonalari u haqda nimalar deyishayotgani haqida o‘ylamasligi uchun ham — oddiy telefonda bunday imkoniyat mavjud emasligi sababli yoqadi. Ilgari u butun kechalari uxlamay, onlaynda dugonalari bilan muloqotda bo‘lardi va shu sababli darslarda uxlab o‘tirardi. Mutaxassislar bunday holatlar ko‘p uchrashi va bolalarga kattalar tomonidan smartfon to‘laqonli rivojlanishiga zarar keltirishini tushuntirish zarurligini ta’kidlamoqdalar.

O‘tgan yili mazkur mavzuda katta tadqiqot ishlarini olib brogan Bolalar va o‘smirlar psixiatriyasi Koreya Akademiyasi (Korean Academy of Child and Adolescent Psychiatry) mutaxassislari boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga smartfondan bir kunda 55 daqiqadan ortiq foydalanmaslikni tavsiya qilmoqdalar. Katta sinflar o‘quvchilari uchun 96dan 115 daqiqagacha foydalanishga ruxsat etiladi.

«O‘quvchilar smartfon bilan qanchalik ko‘p vaqt o‘tkazsalar, uyqu, dars qilish, ovqatlanish va oilaviy muloqotlarga shunchalik kam vaqtlari qoladi, — deydi psixiatr-shifokor Bxang Su-yang (Bhang Soo-young). — Bundan tashqari, bu ularning emotsional rivojlanishlariga ta’sir etadi».

Mutaxassislar ota-onalarga farzandlarining smartfon va planshetlarga bog‘lanib qolmasliklari uchun ko‘proq e’tibor qaratishlarini tavsiya qiladilar. Mazkur muammo faqatgina koreya mintaqalarigagina taalluqli emas.

Manba: http://koreajoongangdaily.joins.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq