Batareyaga Wi-Fi orqali signalni yo‘qotmay, quvvat olish imkonini beruvchi texnologiyaning testdan o‘tkazilishi
24.06.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Besh yildan buyon Wi-Fi radioto‘lqinlari quvvati bilan akkumulyatorlarni quvvatlantirish mumkinligi haqida fikrlar bildirilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar to‘xtatilmagan, masalan, Vashingtondagi Jorja Universiteti olimlari jamoasi tomonidan power over Wi-Fi deb atalgan texnologiya faol testdan o‘tkazilmoqda. Ishlab chiquvchilar Wi-Fi moduli yordamida 6 va 5,1 m masofadan turib, quvvatlanadigan harorat datchiklari va sensor kameralari prototiplarini yaratdilar. Shuningdek, texnologiya mualliflari soat batareykalari yoki «tabletka» deb ataladigan kichik nikel-metal-gidrid va litiy-ion tugmali quvvat elementlaridan simsiz quvvatlanish imkoniyatini namoyish etdilar.

Popular Science tomonidan ta’kidlanishicha, Energous kompaniyasi energiyani simsiz uzatish usulidan foydalanadigan, sota boshlagan qurilmaning ikki kamchiligi mavjud. Birinchdan, foydalanuvchilar yangi qurilmani sotib olishlari zarur, ikkinchidan esa, u faqatgina gadjetlarni quvvatlantira oladi, biroq shu bilan birga, tarmoqqa ulanish uchun Wi-Fi signalidan foydalanish imkonini bermaydi. Mazkur kamchiliklar power over Wi-Fi yechimlarida mavjud emas, bir vaqtning o‘zida ham ma’lumotlar ham quvvat uzatish imkonini beruvchi texnologiyadan mavjud routerlarda foydalanish mumkin. Ishlab chiquvchilar routerlarni optimallashtirishni, shundan keyin batareyalarni havoda quvvatlantirish imkoni paydo bo‘lishini, bunda mazkur funksionallik simsiz internet-ulanish tezligi va barqarorligida sezilmaydi. Ishlab chiquvchilar laboratoriya sinovlarini o‘tkazdilar, shuningdek, Sietldagi oltita uyda allaqachon bozorda taqdim etilgan Asus RT-AC68U routerlarini ishga solib, to‘liq funksional tizimlarni o‘rnatdilar.

Manba: www.wired.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq