AQSH transport departamenti haydovchiga avtomobil boshqarishga yordamlashadigan DADSS tizimini ishlab chiqdi
24.06.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

dad_24_06_2015_1

Zamonaviy avtomobillar brogan sayin aqllilashib bormoqda. ABS va ESP tizimlari yo‘lda turli burilish signalini yoqish, to‘siqlar oldida tormozni bosish, faralari yorug‘ligini boshqarish va ko‘plab boshqalarni amalga oshira oladi. Ba’zan avtomobil rulini boshqarishga mast holatda o‘tiradilar, bu esa juda xavflidir. Biroq mazkur texnologiya haydovchiga mazkur xavfli onlarda ham yordam berishi mumkin.

Yaqin vaqtlarda shunday tizimlar paydo bo‘lishi mumkin. AQSH transport departamenti haydovchiga avtomobil boshqarishga yordamlashadigan DADSS tizimini ishlab chiqdi. Tizim Driver Alcohol Detection System for Safety (DADSS) deb ataladi. U ikki datchiklardan iborat. Birinchisi, dastlabki alkotester bo‘lib haydovchi nafas olishidan havoda alkogol konsentratsiyasini aniqlaydi. Ikkinchisi yanada qiziqarliroq bo‘lib, unda mujassamlangan infraqizil datchiklar qonda alkogol darajasini aniqlaydi. Agar alkogol darajasi me’yordagidan ortiqcha bo‘lsa, mazkur tizimlar haydovchiga mashinani boshqarishga yo‘l qo‘ymaydi. Departament bunday texnologiualarni besh yil mobaynida sinovdan o‘tkazishni mo‘ljallagan, shundan keyin undan seriyali avtomobillarda foydalanish mumkin. Aslida, bu va boshqa texnologiyalar yo‘l qoidalariga amal qilishda, millionlab odamlarda mavjud muammolarni hal qilmaydi.

Manba: www.nhtsa.gov

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq