Haqiqiy voqelik qo‘shimcha funksiyasiga ega ODG R-7 aqlli ko‘zoynaklari
23.06.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

glass_23_06_2015

O‘tgan yil kuz faslida Osterhout Design Group (ODG) kompaniyasi R-7 qo‘shimcha funksiyasiga ega aqlli ko‘zoynaklar ishlab chiqarilishi haqida xabar bergandi. Iyun oyida Qualcomm platformasida ishlangan qurilma tijorat mahsuloti sufatida taqdim etildi.

Ko‘zoynak shaffof stereoskopik displey bilan jihozlangan va tashqi tomondan kompyuter yoki boshqa qo‘shimcha qurilmalarga muhtoj emas. R-7 konfiguratsiyasiga bir kristalli Qualcomm Snapdragon 805 tizimi, yuqori tiniqlikdagi kamera, simsiz interfeys kiritilgan. Qurilma Androidga asoslangan ReticleOS operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi. Qo‘shimcha funksiya Qualcomm Vuforiasidan platformasidan foydalanib, amalga oshiriladi. Aqlli ko‘zoynak yaratilishida ODG hisoblariga ko‘ra, olti yil sarflangan. ODG kompaniyasi ishlab chiqarish jarayonida salohiyatli buyurtmachilar, davlat organlari va tijorat korxonalari bilan doim hamkorlik qilgan. Natijada ishlab chiqaruvchilar ta’kidlashicha, ko‘zoynak planshetdagi kabi imkoniytlarni ta’minlaydi, biroq foydalanuvchining qo‘li band bo‘lmaydi. Unga kiritilgan datchiklari foydalanuvchining joylashgan manzili, uning qarashlari yo‘nalishi haqida ma’lumot beradi, buning evaziga qo‘shimcha va virtual olamda sifatli ish imkoniyatini beradi.

Ko‘zoynak mehnat samaradorligini oshirishga va avtomobilsozlik, tibbiyot, sanoat va davlat muassasalarida hamkorlikni yangicha tashkil etishga yordam berishi tahmin qilinmoqda. Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga Qualcomm Vuforia va boshqa SDK lardan foydalanilgan ilovalar yaratish uchun zarur bo‘lgan R-7ga mos holda yo‘riqnoma va boshqa axborotlar olishda boshlang‘ich kodga ulana oladilar. Ilovalarni tarqatish uchun Reticle Application Center katalogi yaratilgan. Ko‘zoynaklar bilan birga to‘rtta dasturlashtirilgan tugmali Wireless Finger Controller kontrolleri, naushniklar, suv o‘tkazmas g‘ilof va boshqalar taqdim etilgan. Jamlanma narxi — $2750. Boshlang‘ich buyurtmalar qabuli allaqachon boshlangan. Yil oxirida yetkazib berish mo‘ljallangan.

Manba: www.osterhoutgroup.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq