Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida uchrashuv bo’lib o’tdi
23.06.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

huawei_23_06_2015_1

2015 yilning 23 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Huawei Technologies Co., Ltd.» (XXR) kompaniyasining Biznes va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha konsalting prezidenti Pol Maykl Skanlan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Janob Pol Maykl Skanlan 24 iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli” mavzuida xalqaro davra suhbati munosabati bilan mamlakatimizda mehmon bo‘lib turibdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining davlat boshqaruvi va xo‘jalik organlarida joriy qilinishi yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalar, jahon miqyosda AKTning rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq