Holus — mobil qurilmasida tasvirni «gologrammaga» aylantiradigan interaktiv tizim
22.06.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

holus_22_06_2015

H+Technology kompaniyasi o‘zining — Holus deb nomlangan ishlanmasini taqdim etdi. Mazkur qurilma o‘ziga xos displey bo‘lib, unga mobil qurilmasini ulash va undan tasvirlarni olish mumkin. Ishlab chiquvchilar Holusni golografik platforma deb hisoblaydilar.

Hozirgi kunda ishlab chiquvchilar Kikstarter maydonchasida qurilmani ishlab chiqarishga mablag‘ to‘plamoqdalar. Buning uchun 50 000 dollar zarur. Kompaniya Holusni ko‘ngilochar tizim deb hisoblaydi, HQ qurilmasidan qandaydir kasbiy soha va tijorat maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Platforma datchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, «gologrammaga» mo‘ljallanganligiga mos ravishda, foydalanuvchining harakatlarini kuzatib boradi.

holus_22_06_2015_1

Bunda hammasi yaxshidek tuyuladi, biroq boshqa shunday holatlardagi kabi bu borada ham ko‘plab savollar tug‘iladi. Birinchidan, aynan qanday qilib, qurilma smartfondagi tasvirni «gologrammaga» aylantiradi. Bunda gap apparatda emas, balki dasturdadir. Ikkinchidan, videqo‘ng‘iroq bo‘lganda rolikda tizim qandaydir usulda abonentning uch o‘lchamli modelda tasvirlashga ulguradi. Uchinchidan, videodan olinadigan ayrim boshqa jihatlar, jumladan, qurilmaning o‘zaro ta’sir usullari ham shubhali tuyuladi.

Bu savollarning barchasiga kelasi yil mart oyida aniq javob olish mumkin, sababi Holus savdoga chiqariladi. Tizim modifikatsiyasining narxi muvofiq ravishda (Pro versiyasi SDK ishlab chiqaruvchular komplektida oddiyroqlaridan HDMI porti mavjudligi bilan farq qilib) $850dan $950gacha bo‘lib, bu arzon hisoblanadi.

Ishlab chiquvchilar qurilma platformasidan turli boshqaruv sohalarida foydalanishni mo‘ljallaganlar. Masalan, Emotiv «fikr kuchi» bilan boshqariladigan boshqaruv tizimi yoki Leap Motion qurilmasi.

Manba: www.kickstarter.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq