Davlat xizmatlari ko‘rsatishning Yagona reyestrini amalga oshirish masalalari yuzasidan seminar o‘tkazildi
22.06.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

gov_22_06_2015

Joriy yilning 19-iyunida Aloqa tarixi muzeyida Davlat xizmatlari ko‘rsatishning Yagona reyestrini, ariza blankalari va shakllarini to‘ldirishni amalga oshirish masalalari yuzasidan seminar o‘tkazildi. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, idoralararo davlat xizmatlarini amalga oshirish jarayonida ma’lum bir tartibni yuzaga keltirish chora-tadbirlari bilan tanishtirishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13- maydagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 120-sonli qarori to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq,

— davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestri shakllantirilishini, shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatishda mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni amalga oshirishi;

— aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish, davlat organlarining ma’muriy tartibotlarini axborotlashtirish bo‘yicha doimiy monitoring o‘tkazishi va takliflar kiritishi;

— davlat xizmatlari ko‘rsatishda o‘z vaqtida va kelishilgan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish hisobiga mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflar ishlab chiqish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish yuzasidan mas’ul idora etib belgilanganligi va unga quyidagilar yuklangan.

Tadbir jarayonida “Davlat xizmatlari Yagona reyestrining shakl va blankalari” mavzusidagi taqdimot bilan “Operatsion va funktsional jarayonlarni optimallashtirish departamenti”ning boshligi Muzaffar Islomov chiqib, u seminar qatnashchilarini ushbu ish jarayoni bilan tanishtirdi.

gov_22_06_2015_1

Ma’ruzachi,

— Davlat xizmatlari ko‘rsatishning yagona reyestri, shakl va blankalari;

— tushuncha va atamalari;

— Davlat xizmatlari reyestrining afzallik tomoni, o‘ziga xos jihatlari;

— Yagona reyestrga davlat xizmatlarini joriy etish;

— Hujjatlarni reyestrga tatbiq etish bosqichlarini shakllantirish, amaliyotda qo‘llash, hujjatlashtirish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan berilgan savollarga javob berdi.

gov_22_06_2015_2

Seminarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari A.N. Fayzullayev, vazirlikning Elektron hukumat va davlat xizmatlarini rivojlantirish bosh boshqarmasining rahbari D. Atadjanov, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining direktori Sh.H.Habibullayev, “UZINFOCOM” DUK markazining v.r.v.b. G‘.G‘.Saydaliyev va uning o‘rinbosari N.Daliboyevlar qatnashishib, yig‘ilganlarning savollariga kerakli javob berishdi.

gov_22_06_2015_3

Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlari ko‘rsatishning Yagona reyestri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015- yil 13- maydagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”120 – sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

“Davlat xizmatlari reyestridan foydalanish yo‘riqnomasi”ni tuzishdan asosiy maqsad,

— “Elektron Hukumat” tizimi doirasida idoralararo axborot hamkorlikni yanada takomillashtirish;

— Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatini ko‘rsatish;

— Davlat organlari faoliyatini samaradorligini oshirishdir.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi saytining “Xizmatlar” bo‘limida “Davlat xizmatlari reyestridan foydalanish yo‘riqnomasi” e’lon qilingan.

Shuningdek, tizimni shakllantirish yuzasidan paydo bo‘lgan savollarga quyidagi shaxslar bilan bog‘lanib tegishli ma’lumotlarni olish mumkin:

Texnik yordam:

“UZINFOCOM” markazi

Telefon: 238-42-03

E-mail: m.mirmaksudov@uzinfocom.uz

Hujjatlarni to‘ldirish yuzasidan ma’lumot olish:

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi

Тel.: 252-50-54

E-mail: direp@egov.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq