Britaniyada brokkoli hosilini yig‘ib olish uchun robot ishlab chiqmoqdalar
22.06.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

brit_22_06_2015

Hozirgi vaqtda 3D-ko‘rish texnologiyasidan foydalanish loyihasi Buyuk Britaniyaning Linkoln universitetida ishlab chiqilmoqda, unga muvofiq brokkoli hosilini yig‘ib olishga mo‘ljallangan robototexnika tizimini to‘liq avtomatlashtirishga erishilmoqda, — xabar beradi Robotics.ua.

Linkoln universiteti Buyuk Britaniyaning qishloq xo‘jalik texnikasi rivojini yaxshilashga yo‘naltirilgan Agri-Tech Catalystni tashkil etganligi uchun 70 million funt sterling miqdorida moliyaviy daromad olgan Buyuk Britaniyaning 70ta korxonasidan biridir.

BBSRC va Innovate UK moliyalashtirgan loyiha 3D-ko‘rish texnologiyasidan foydalanishni sinovdan o‘tkazadi va brokkoli hosilini yig‘ib olishda foydalanilishi mumkin. Bu robotlashtirilgan tizimlarni to‘liq avtomatlashtirishni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlarini ancha kamaytirishg imkon beradi.

Tadqiqot guruhiga Linkoln kompyuter fanlari Institutidan professor Tom Duckett va doktor Grzegorz Cielniak hamda Xolbichdagi universitet milliy markazidan (NCFM) doktor Simon Pearson kiritildi. Brokkolini yig‘ish qurilmasini yaratilishida mas’ul tarmoqning asosiy hamkori Bostonda, Linkolnshir grafligida asos solingan R. Fountain & Son Ltd bog‘-poliz konsalting firmasi bo‘lib hisoblanadi.

Loyiha guruhi rahbari, Linkol Universiteti agrar-oziq-ovqat mahsulotlarini muvofiqlashtiruvchi professor Tom Dakkett fikriga ko‘ra: «Brokkoli jahonga ko‘p tarqalgan o‘simlik bo‘lib, deyarli to‘liq qo‘lda terib olinadi, bu esa qimmatga tushadigan jarayondir. Mazkur texnologiya hosilni to‘liq avtomatik yig‘ib olish tizimini ishlab chiqish sohasida muhim qadam bo‘lib hisoblanadi, undan ko‘plab boshqa mahsulotlarni ham yig‘ib olishda foydalanish mumkin.

«Ilmiy-tadqiqot ishimiz bilan bog‘liq barcha agrar maqsadlarda intilishlarimiz qishloq xo‘jaligi hisobidan mahsulotlar ishlab chiqarilishi bo‘yicha biznes uchun yechimlar yangi texnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqotimizning uzoq muddatli ta’siri o‘zida sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini, kamroq chiqindi, yanada samarali ishlab chiqarish, mahsulotlar hamda tabiiy resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, odamlar sog‘lig‘ini saqlashni yaxshilashga qaratilgan izlanishlarni jamlagan».

Buyuk Britaniyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sanoati rahbari Ian Meikle: «Mazkur strategiya Buyuk Britaniyani jahon qishloq xo‘jaligi texnologiyalari innovatsiyasi sohasining yetakchisiga aylantiradi. Ekspertlar ma’lumotlariga asosan moliyalashtirishga qaror qilib, mahsulot yetishtirish va tuproqshunoslikka taalluqli muammolar bo‘yicha ajoyib g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaydilar. Tadqiqotchilar hukumat bilan hamkorlikda ish yuritadi va mazkur investitsiyalar imkoniyatlarni oshirib, jamiyat va iqtisod uchun ahamiyatli foyda keltirishi mumkin» — deya ta’kidlaydi.

Linkoln universitetining yana bir loyihasi qo‘ziqorin va kartoshkada tarqalgan kasalliklarda bionazorat qilish va erta aniqlashga yo‘naltirilgan. Innovate UK moliyalshtirishi asosida mazkur lohiha fermalar uchun o‘simliklardagi kasalliklarni aniqlash, profilaktikasi va davolash bilan bog‘liq muammolarni diagnostika vositalari yo‘li bilan hal etadi. Bu mazkur sohaning dastlabki ishlab chiqaruvchilariga mavjud kasalliklarni erta aniqlash va qaror qabul qilishga yordam beradi. Mazkur lohiha o‘simliklarni qayta ishlashda ularning barqarorligini ta’minlaydigan zarur pestitsidlarning muqobillaridan foydalanish usullarini rivojlantiradi deb tahmin qilinmoqda.

Loyihaning bosh tadqiqotchisi, NCFM markazi doktori Bukola Daramola bu haqda: «O‘simliklar kasalliklari sezilarli ekologik va iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Mazkur loyiha tadqiqotchilari ekinlarda spatogen bakteriyalari va viruslar sababli yuzaga keladigan kasalliklar bilan bog‘liq muammolarni hal etish imkoniyatga ega bo‘ldilar. Loyiha markazida Buyuk Britaniya va uning atrofidagi iqtisodiy va jamoatga katta foydali ilmiy taraqqiyotga olib boradigan bio-monitoring va bio-nazorat uchun ishonchli yechimlar ishlanmasi ko‘zda tutilgan» — dedi. Shuningdek, loyiha Monaghan Mushrooms, Belfasta Qirollik universiteti, AHDB Potato Council, Robo Scientific va Rationale Biopesticide Strategists kabi muassasalar ishlarini ham jamlaydi.

brit_22_06_2015_1

Toshkent shahrida o‘tkazilgan innovatsion g‘oyalar VIII yarmarkasi doirasida paxta terishga mo‘ljallangan robot prototipini namoyish etganliklarini qo‘shimcha qilish o‘rinli. Obyektiv ochilgan paxta chanog‘ini ko‘radi, robot qo‘lini unga cho‘zadi, korreksiyalovchi datchiklar, nasos tolani tortib oladi va havo bilan uni konteynerga yo‘naltiradi. Ko‘rib turganimizdek, ko‘plab mamlakatlar bugungi kunda hosilni yig‘ishtirib olishni robotlashtirishga intilmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq