«.uz» domenini rivojlantirishga qaratilgan yoshlarning takliflari
21.06.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

kam_21_06_2015

«Talabalar festivali”ning navbatdagi loyihasi «.uz domeni rivojlanishida yoshlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib, ushbu tadbir Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro biznes markazida o‘tkazildi.

Dastlab davra suhbatini «Kamolot” YIH Markaziy Kengashi raisi Bahodir Ganiyev ochib berdi. So‘ngra Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti professori Alisher Fayzullayev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Fayzullayev, «Kelajak ovozi” YTM boshqaruv raisi o‘rinbosari Jasur Tursunov va boshqa mutaxassislar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Shuningdek, davra suhbatida «Internet tarmog‘ida milliy segmentning rivojlanishida yoshlarning ko‘magi” loyihasi doirasida saralab olingan talabalar, mit.uz tanlovi g‘oliblari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va INHA universiteti rahbariyati va talabalari «uz” domenini rivojlantirish borasidagi takliflarini berdilar.

Talaba-yoshlardan Mirzayev Hayot hamda Rahmonov Amir «Internet muhitda milliy internetning texnik imkoniyatlarining rivoji” bo‘yicha takliflarini taqdimot qildilar.
Davra suhbati davomida mutaxassislar va ishtirokchi yoshlar o‘rtasida savol-javoblar, munozaralar bo‘lib o‘tdi.

kam_21_06_2015_1

kam_21_06_2015_2

kam_21_06_2015_3

kam_21_06_2015_4

kam_21_06_2015_5

kam_21_06_2015_6

kam_21_06_2015_7

kam_21_06_2015_8

kam_21_06_2015_9

kam_21_06_2015_10

kam_21_06_2015_11

kam_21_06_2015_12

kam_21_06_2015_13

kam_21_06_2015_14

kam_21_06_2015_15

kam_21_06_2015_16

kam_21_06_2015_17

kam_21_06_2015_18

kam_21_06_2015_19

kam_21_06_2015_20

kam_21_06_2015_21

kam_21_06_2015_22

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq