“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining saytida “Davlat xizmatlari reyestridan foydalanish yo‘riqnomasi” e’lon qilindi
21.06.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_21_06_2015

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi saytining “Xizmatlar” bo‘limida “Davlat xizmatlari reyestridan foydalanish yo‘riqnomasi” e’lon qilindi. Davlat xizmatlari ko’rsatishning Yagona reyestri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015- yil 13- maydagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”120 – sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

  •   “Davlat xizmatlari reyestridan foydalanish yo‘riqnomasi”ni tuzishdan asosiy maqsad,
  •   “Elektron Hukumat” tizimi doirasida idoralararo axborot hamkorlikni yanada takomillashtirish;
  •   Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatini ko’rsatish;
  •   Davlat organlari faoliyatini samaradorligini oshirish.

Reyestrning mundarijasi quyidagicha tuzilgan:

  1.   Reyestrga kirish Reyestrga davlat xizmatini kiritish;
  2.   Davlat xizmatining me’yoriy-huquqiy hujjatini kiritish;
  3.   Davlat xizmatining me’yoriy-huquqiy hujjatiga havola biriktirish;
  4.   Davlat xizmatining narxini kiritish;
  5.   Davlat xizmatidan foydalanish uchun kerakli hujjatlar;
  6.   Ko‘rsatilgan davlat xizmati natijasining namunalarini kiritish;
  7.   Davlat xizmatining bosqichlarini kiritish;
  8.   Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot aloqalarini kiritish Davlat xizmatini reyestrga yuborish.

Vazirlar Mahkamasi “Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida” hamda “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga ko‘ra, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish yuzasidan mas’ul idora etib belgilangan va unga tegishli topshiriqlar yuklatilgan.

Bular, davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestri shakllantirilishini, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligini ta’minlash bo‘yicha ular faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish hamda aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish, davlat organlarining ma’muriy tartibotlarini axborotlashtirish bo‘yicha doimiy monitoring o‘tkazish va takliflar kiritish vazifalaridir. Davlat xizmatlari ko‘rsatishda o‘z vaqtida va kelishilgan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish hisobiga ular faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflar ishlab chiqish ham shular jumlasidandir.

Ma’lumot o‘rnida, davlat xizmati bu davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari tomonidan ariza beruvchilarning so‘rovlari bo‘yicha, shu jumladan bildirish tartibida, ushbu organlar va tashkilotlarning belgilangan vakolatlari doirasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshiriladigan, ariza beruvchilarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishini ta’minlashga doir faoliyat hisoblanadi. Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestri, bu davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining to‘liq ro‘yxatini, shuningdek boshqa axborotni o‘z ichiga oladigan, Internet tarmog‘idagi ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resursdir.

Qayd etish kerakki, yagona reyestr jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari, shakllari va blankalari to‘g‘risida batafsil axborotni taqdim etish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi va samaradorligini oshirish, davlat xizmatlari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek ularni maqbullashtirish va amalga oshirish tartibini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish maqsadda shakllantiriladi va yuritiladi.

Quyidagi havola orqali “Davlat xizmatlari reyestridan foydalanish yo‘riqnomasini yuklab olishingiz mumkin:

www.egovernment.uz/uz/services/davlat-xizmatlari-ko-rsatishning-yagona-reyestri-120-sonli-vmq-asosida/

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq