“Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini ishchi yollagan holda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi qaror” muhokamaga qo‘yildi
18.06.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_18_06_2015

www.regulation.gov.uz saytida Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini ishchi yollagan holda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi qarori” muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat muallifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasidir. Hujjat muhokamasi 2015-yilning 25-iyulida o‘z nihoyasiga yetadi.

Qonun hujjati loyihasining muhokamasida, yakka tartibdagi tadbirkor yollagan ishchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida shunday bandlar bor:

Yakka tartibdagi tadbirkor yollagan ishchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish

2. Yakka tartibdagi tadbirkor yollagan ishchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish ularni yashash manzilidan qat’iy nazar, yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasiga kelgan holda, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.

3. Yakka tartibdagi tadbirkor yollagan har bir ishchisi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining o‘n foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Tushgan mablag‘lar yakka tartibdagi tadbirkor ishchilarini ro‘yxat o‘tkazish xarajatlarini qoplashga foydalaniladi.

Davlat boji qaytarilmaydi.

“Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini ishchi yollagan holda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi qarori” muhokamasi jarayonida qatnashing, o‘z mulohazalaringizni qoldiring. Berilgan izohlar muhokama qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtiriladi. Shuningdek, Siz ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari muhokamasiga oid ‎So‘rovnomani to‘ldirishingiz mumkin. Berilgan izohlar va So‘rovnomada bildirilgan takliflar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiquvchilar — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi shart.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq