Uzcard: Elektr energiyasi uchun to‘lov — Internet tarmog‘i orqali to‘lovchilar soni ko‘paydi
18.06.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

O‘zbekistonda elektron tijorat sohasida xizmatlar soni ortib bormoqda va bugungi kunda Uzcard kartochkalari egalari xarid va xizmatlar uchun uydan chiqmagan holda Internet tarmog‘i yordamida to‘lovlarni amalga oshirmoqdalar.

Internet tarmog‘i orqali to‘lov amalga oshirishning bir qator afzalliklari bor, bular: Internet tarmog‘i mavjud dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan kun davomida, 24 soat mobaynida, navbat kutib turmasdan, oson va tezkor tarzda, qo‘shimcha mahoratsiz, o‘z hisob raqamini boshqarib turib, to‘lovni amalga oshirish imkoniyati.

Tranzaksiyalar sonining o‘sishi

uzcard_18_06_2015

Internet tarmog‘i va mobil banking tizimi orqali kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar amalga oshirish ommaviylashmoqda, shu bilan birga, IQ-Front tizimiga ulangan mobil terminallar orqali ham to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi. Joriy yilning besh oyi mobaynida infokiosklar, IQ-Front terminallari va Uzcard mobil ilovasi orqali elektr energiyasi uchun kartochka egalari 124,8 ming tranzaksiya amalga oshirishgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq