“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining xodimlari mini-futbolda Oliy ligada ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi
17.06.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

foot_17_06_2015_4

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirlgi hamda O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda ushbu sohadagi korxona, tashkilot, muassasalar jamoalari o‘rtasida 30- maydan boshlab mini futbol o‘tkazishni rejalashtirgan edi.

Bugun futbol musobaqasining “Final” o‘yini bosqichi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport zalida o‘tkazildi. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining xodimlari ham ushbu turnirda ishtirok etishib, yuqori muvafaqqiyatga erishishdi hamda Oliy ligada ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

foot_17_06_2015_5

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining yigitlari Maxsus avariya — tiklash boshqarmasi yigitlari bilan bo‘lib o‘tgan futbol musobaqasida quyidagi natijalarga erishishdi:

O‘yin jarayonida dastlabki natija: 3:3

Pinaltida esa, 3:1

Umumiy hisob: 6:4

foot_17_06_2015_7

Eslatib o‘tamiz, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining yigitlari quyidagi natijalarga erishishgan edi:

2015-yil, 7-iyun

Axborot xavfsizligini taminlash markazi va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi. (0-5)

2015-yil, 9-iyun

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi (GIS)- “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi. (3-4)

2015-yil, 11-iyun

Toshkent shahar telefon tarmoqlari jamoasi — «Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi. (4-5)

foot_17_06_2015_6

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirlgi hamda O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda ushbu sohadagi korxona, tashkilot, muassasalar jamoalari o‘rtasidagi mini futbol natijalari quyidagicha yakunlandi:

Birinchi o‘rin — “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi

Ikkinchi o‘rin — Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi

Uchinchi o‘rin — Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi

foot_17_06_2015_8

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining yigitlariga Oliy ligadagi o‘yinlarda yuksak g‘alabalar tilab qolamiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq