Mobil aloqa operatorlari bilan litsenziya kelishuvlar shartlari va yuridik shaxslar bilan dilerlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzishda o’rnatilgan talablarni bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi
16.06.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Mobil aloqa operatorlarining dilerlik tarmoqlari faoliyatini tartibga solish hamda litsenziya kelishuvlar shartlari va yuridik shaxslar bilan dilerlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzishda o‘rnatilgan talablarni bajarilishini ta’minlash maqsadida 2015 yilning 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlar uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu tadbirda operatorlarning mas’ul mansabdor shaxslari va mutaxassislari, shu bilan birga Inspektsiyaning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakili ishtirok etdilar.
Uchrashuvda har bir operatorning dilerlik tarmog‘idagi mavjud kamchiliklar, jumladan operatorlar tomonidan dilerlar faoliyati ustidan nazorat ishlari etarlicha amalga oshirilmasligi, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha dilerlar bilan tushuntirish ishlari olib borilmasligi, dilerlik punktlarining oddiy estetik talablarga javob bermasligi kabi kamchiliklar va ularning bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.
Tadbirda aytib o‘tilgan barcha kamchilik va takliflar atroflicha muhokama qilindi va natijalari yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.