UZMOBILE dilerlarni taklif etadi!
12.06.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

UZMOBILE GSM/CDMA mobil aloqasi milliy operatori yuridik shaxslarni hamkorlikka taklif etadi va hamkorlarga ma’qul shartlar bilan birgalikda mukofotlash, taqdirlash qulay tizimini taqdim etadi.

Dilerni rag‘batlantirish tizimlari quyidagilardan iborat:

  • Katta komission taqdirlash (ulangan abonent uchun 1-oyida qayd etilgan to‘lov),
  • 3 kalendar oyi davomida abonent to‘lovlari hisoblaridan,
  • Klassi va ulanish o‘rnatilgan ulanish rejasiga qarab, har bir sotuvlar punkti uchun qo‘shimcha bonuslar,
  • Qo‘shimcha pullik xizmatlar (internet-paketlar) ulanganligi uchun bonuslar.

Bundan tashqari, ochilish oyida bir martalik to‘lovlar ko‘zda tutiladi.

«O‘zbektelekom»  AK UZMOBILE filiali nomidan mobil aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishga dilerlik shartnomasini tuzishni istagan yuridik shaxslar elektron arizani to‘ldirib,  UZMOBILE filiali Dilerlar bilan ishlash bo‘yicha xizmatiga murojaat etishlari mumkin.

Hamkorlikni boshlash uchun n.abdumajidov@uzmobile.uz manzili orqali ariza jo‘natish zarur bo‘ladi.

Birgalikda ishlash oson va oddiy!

Savdo hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, daromad  ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shartnoma tuzish uchun quyidagilar zarur bo‘ladi:

  • Yuridik shaxsni tashkil etish va shaxsiy hisob-raqamiga ega bo‘lish.
  • «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE savdo belgisi bilan vivestkasi va axborot stendi, kassa apparati, seyf hamda zarur orgtexnikalar bilan jihozlangan ofis turidagi statsionar savdo xonasiga ega bo‘lish.
  • Mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatish, GSM/CDMA standarti telefonlaridan foydalanishda amaliy malakalariga tayyorgarlikdan o‘tish va to‘la o‘qish kurslaridan o‘tish, doimiy ravishda, malaka oshirib borish.
  • Shartnoma tuzish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur, xususan:
    • 1. Ustav(Nizom) (faoliyat turi «Mobil aloqa xizmatlarini ko ‘rsatish»).
      2. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma.
      2. Ijara shartnomasi yoki xususiy mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma.
      3. Inkassatsiya shartnomasi.
      5. Kassa apparati qayd etilganlik kartochkasi.
      6. Direktor pasporti (direktor etib tayinlanganligi haqida ta’sischilar umumiy yig‘ilishi bayonnomasi).
      7. Sotuvlar punkti fotosurati (tashqi va ichki ko‘rinishi).
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq