TATU va uning hududiy filiallari uchun elektron qabul interaktiv xizmati
12.06.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

2015-yil 20-may kunidan boshlab TATUda 2015-2016 yilgi o‘quv yilida bakalavriatura va magistratura abituriyentlardan arizalarni qabul qilish uchun onlayn ariza qabul qilish interaktiv xizmati ishga tushirildi. Bu tizim hozirgi vaqtda bakalavriatura abituriyentlari uchun http://qabul.tuit.uz hаmda magistratura abituriyentlari uchun http://www.tuit-magistr.uz elektron manzili ostida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Tizim orqali o‘z hujjatlarini topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar http://qabul.tuit.uz saytidan dastlab ro‘yxatdan o‘tadilar. Bunda albatta abituriyentning elektron pochtasi (E-mail) bo‘lishi zarur.

Har bir abituriyent faqatgina bitta E-mail orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega. Ro‘yxatdan o‘tish tugagandan so‘ng keyingi ma’lumotlarni kiritish uchun uning E-mailiga tizimga kirishni tasdiqlovchi kod jo‘natiladi. Kodni tasdiqlagan holda tizimga login (E-mail) va parol orqali kirib barcha ma’lumotlar to‘ldiradi.

Abituriyent barcha ma’lumotlari to‘liq va to‘g‘ri kiritilganiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, tasdiqlash tugmasini bosgan holda ma’lumotlar kiritish jarayonini yakunlaydi. Bu kiritilgan ma’lumotlar orqali abituriyentning TATU rektori nomiga arizasi, abituriyent qayd varaqasi va yig‘ma jildi blankalari avtomatik ravishda, PDF formatda shakllantiriladi hamda abituriyent topshirgan yo‘nalishiga mos maxsus raqam beriladi.

Abituriyent maxsus raqam va ariza shaklini chop qilgan holda o‘zining haqiqiy hujjatlarini qabul komissiyasining ma’sul shaxsiga taqdim etadi va hujjatlarini topshirib ketish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Abituriyentlarning onlayn ariza topshirish jarayoni sxemasi

tuit_12_06_2015

Tizimning asosiy funksiyalari:

  • Аrizalarni qabul qilishni onlayn amalga oshirish, hujjatlarni qabul qilish jarayonini tezlashtiradi va osonlashtiradi;
  • arizalarni ko‘rib chiqishning ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi;
  • abituriyentning ariza to‘ldirish va topshirish jarayoni avtomatlashtiradi;
  • abiturientlar ma’lumotlar bazasini shakllantiriladi.

Bu tizimlar orqali abituriyentlar bilan doimiy ravishda muloqotlar olib boriladi.

Tizim orqali abituriyentlar qabul komissiyasiga doir yangiliklar bўyicha ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyatlari ishlab chiqiladi.

Kelajakda abituriyentlarga ularning mobil telefonlariga qabul komissiyasidagi yangiliklarni SMS orqali jo‘natish rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq