10-12 iyun kunlari Toshkent shahrida Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi tashkil etiladi
11.06.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 13 martidagi «2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarka va Kooperatsiya birjasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 10-12 iyun kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari bo‘yicha majmuasi hamda Axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari bo‘yicha majmuasining Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi tashkil etiladi.

Yarmarkada elektrotexnika, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari, kimyo tarmoqlari, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasi korxonalari va boshqa muassasalar ishtirok etadilar. Korxonalar stendlarida poytaxtimiz sanoati salohiyati, xususan, mahalliylashtirish dasturi doirasida o‘zlashtirilgan mahsulotlar, ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan tovarlar hamda xalq iste’mol mollari namoyish qilinadi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjani o‘tkazishdan asosiy maqsad xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ishlab chiqarishni optimallashtirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani mustahkamlash hamda rivojlantirish, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma’lumotlar berish, hamkorlar topish, mahsulotlarni yetkazib berish, jumladan, eksport qilish bo‘yicha shartnomalar tuzishga ko‘maklashishdan iboratdir.

3 kun mobaynida davom etadigan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi korxonalari ishtirokchilarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘g‘risidagi axborotlar taqdim etish, yangi shartnomalar imzolash, hamkorlikdagi istiqbolli loyihalarni kelishib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yarmarkada ishtirok etishni xohlovchi soha muassasalari uchun batafsil ma’lumot Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasining www.cooper.uz veb-saytida.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq