Soliq organlarida zamonaviy axborot texnologiyalari bosqichma-bosqich rivojlanmoqda
07.06.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

soliq_5_06_2015

Davlat soliq qo‘mitasida soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha asosiy strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish yuzasidan tashkil etilgan idoralararo Ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

soliq_5_06_2015_1

Muhtaram Prezidentimizning bevosita sa’y-harakatlari bilan mamlakatimizda umumdavlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq xizmati idoralarini byudjetga tushumlarning o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlashga xizmat qiluvchi fiskal organdan, faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali soliq to‘lovchilarning soliqlarni to‘lash bo‘yicha konstitutsiyaviy burchlarini bajarishda ular bilan o‘zaro ishonchli munosabatlarni tashkil etishga qodir davlat organiga aylantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

soliq_5_06_2015_2

Zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanmay turib, ko‘zlangan natijaga erishish mushkul. Aynan shu sababli, sohani axborotlashtirish masalasiga davlat soliq xizmati organlari faoliyatini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.

Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari oldiga mavjud axborot resurslaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi biznes-tahlilning yetakchi uslublarini sohaga joriy etish vazifasi qo‘yilgan.

soliq_5_06_2015_3

Yig‘ilishda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va modernizatsiyalashning yaqin hamda kelajakdagi istiqbollari bo‘yicha strategik reja ishlab chiqilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

«Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo‘yicha yuqori reytinglarni egallab kelayotgan Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Latviya, Fransiya, Yaponiya, Belgiya, Malayziya kabi 10dan ortiq xorijiy davlatlarning ushbu yo‘nalishdagi tajribalari batafsil o‘rganilmoqda.

soliq_5_06_2015_4

Idoralararo ishchi guruhi tarkibiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” MXK, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, “UZINFOCOM” hamda “UNICON.UZ” markazlari, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazining mutaxassislari kiritilgan.

Yig‘ilishda Ishchi guruhi a’zolari soliq ma’murchiligini avtomatlashtirish, amalga oshirilayotgan loyihalarning hozirgi ahvoli bilan yaqindan tanishtirildi.

soliq_5_06_2015_5

Ishtirokchilarga soliq organlari axborot tizimlarining texnik ta’minoti va axborotlar xavfsizligi, korporativ aloqa tarmog‘ining holati, axborot texnologiyalarini joriy etish tajribasi hamda axborot tizimlarini rivojlantirish istiqbollari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek davlat organlari bilan ma’lumot almashish va tashqi axborot manbalaridan foydalanishning tashkiliy-texnik xususiyatlari muhokama qilindi.

— Bugungi tadbirning tashkil etilishi barcha davlat organlari uchun foydali bo‘lishi tabiiy – deydi, Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Abdusobir Saidov. – Chunki sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlariga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish borasida Davlat soliq qo‘mitasi respublikamizda yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Ishchi guruhining keyingi yig‘ilishlarida soliq ma’murchiligining turli sohalarida soliq organlari faoliyatini avtomatlashtirish masalalari muhokama qilinishi kelishib olindi.

Mazkur yig‘ilishlar yakunida axborot tizimlari va vositalari, axborotlar xavfsizligi, interaktiv xizmatlar, AKT uchun mas’ul bo‘linmalar, shtat tuzilmalarini modernizatsiyalashni o‘z ichiga olgan soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va modernizatsiyalashning yaqin hamda kelajakdagi istiqbollari bo‘yicha strategik yo‘nalishlar yuzasidan Ishchi guruhi a’zolarining tavsiyalari olinishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq