UZMOBILE UZCARD terminallari uchun yangi tarif rejalarini ishga tushirdi
05.06.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

O‘zbekistonda plastik kartalardan foydalanish asosida naqdsiz hisoblarni yuritish tizimini takomillashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Tijorat banklari bunda zamonaviy elektron savdo terminallari bilan jihozlangan savdo-servis korxonalari tarmoqlarini kengaytira borib, oylik maoshlari loyihalarini faol tatbiq etishni davom ettirmoqdalar. Biroq Uzcard bank kartochkalari uchun to‘lov terminallari sonining o‘sishi butun mamlakat bo‘yicha aloqa kanallari ishining muntazam yaxshilashni talab etadi.

Terminallarni protsessing markazi bilan birlashtirish sifatini oshirish bo‘yicha masalalarni hal etish uchun UZMOBILE GSM mobil aloqasi  Milliy operatori, Uzcard tizimiga ulangan obyektlar uchun samarali yechum bo‘lishi mumkin bo‘lgan MTT Uzcard bilan hamkorlikda maxsus “UZCARD GSM” tarif rejasining  ishga tushirilishini e’lon qildi.

Tarif rajasiga ulanish bepul, SIM-kartf narxi boshlang‘ich abonent to‘loviga kiritilgan. Abonent to‘lovi oyiga $ 1,5 unga ma’lumotlar uzatish (VPN) 100 Megabayt trafik kiritilgan, limitdan tashqari bir megabayt narxi — $0,07.

Mazkur tarif reja turli: to‘lov terminallari, bankomatlar, infokiosklar va boshqa  qurilmalar o‘rtasida ajratilgan, himoyalangan VPN kanali orqali M2M (machine-to-machine) tezkor va ishonchli aloqa zarur bo‘lgan barcha holatlarda kerak bo‘ladi.  Uzmobile M2M aloqa kanali bo‘yicha ma’lumotlar uzatish  deyarli darhol sodir bo‘ladi, shu sababli hisoblash maksimal darajadagi aniqlikdagi imkoniyat bilan amalga oshadi.

Tarif reja haqida batafsilroq ma’lumotlar bilan bu yerda tanishish mumkin. Ma’lumot uchun: M2M (machine-to-machine) – bu o‘zi bilan simsiz aloqa vositasida turli hisoblagichlar bilan muloqot, datchik, sensorlar asosidagi yechimdir. M2M qurulmasini SIM kartalar bilan jihozlash o‘z biznesida va olisdagi qurilmalar va transportda faol faydalanuvchi kompaniyalar uchun juda muhim. Ular qatorida nafaqat banklar, to‘lov tizimlari va kommunal xizmatlar, balki energetik, xomashyo, qurilish, logistik, qo‘riqlash va transport kompaniyalari ham mavjud. M2M sohasiga, qo‘ng‘iroqlar uchun mo‘ljallanmagan, masalan, elektr-energiyasi hisoblagichlari, bankomatlar va to‘lov terminallari, qo‘riqlash tizimlari, navigatorlari kabi har qanday boshqa texnikalar kiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq