Ochiq ma’lumotlar portalida kunduzgi ta’lim xizmatlari uchun belgilangan to‘lov narxlar ro‘yxati e’lon qilindi
05.06.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_5_06_2015

O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun kunduzgi ta’lim xizmatlari uchun belgilangan to‘lov narxlari ro‘yxati e’lon qilindi.

Ma’lumotlar to‘plamini O‘zbekistоn Respublikаsi Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi taqdim etgan.

To‘lov narxining eng past ko‘rsatkichi 5050 so‘m bo‘lib, ushbu narx O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogic fanlar, jumladan kasbiy ta’lim, gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, matematika va statistika, amaliy matematika va informatika, ijtimoiy va axloqiy fanlar, ijtimoiy ta’minot kabi yo‘nalishlarga nisbatan belgilangan. Xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishida tahsil olish soatiga 8190 so‘mni tashkil etadi. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, huquq yo‘nalishlarida o‘qish esa soatiga 7450 so‘mdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq