“O‘zbektelekom” AK innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar VIII Respublika yarmarkasida
03.06.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_2_06_2015

19-21 may kunlari O‘zekspomarkaz” VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, axborot texnologiyalari, fan va ta’lim, yuksak texnologiyalar, energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalar, shuningdek, yosh olimlar ishlanmalari namoyish etildi.

uz_2_06_2015_1

An’anaga muvofiq yarmarkada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasi korxonalari bir necha stend-larda namoyish etildi. «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi yarmarkada quyidagi ishlanmalarni taqdim etdi:

  • kabelning uzilish joyini aniqlash uchun sinov uskunasi. Ishlab chiquvchi: «O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali. Ishlab chiqilgan sinov uskunasi tester va boshqa o‘lchov asboblari mavjud bo‘lmagan taqdirda ekranlashtirilmagan kabellar (PRPPM, TRP, TRV) telefon muftalarida uzilish joyini topish imkonini beradi;
  • LKA (LKA O‘KA) o‘lchagichining avtomatik kommutatori. Ishlab chiquvchi: «O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali. LKA O‘KA qurilmasi PKP5, R5 10 o‘lchov va boshqa asboblarga kabel juftlklarini ulash jarayonini avtomatlashtiradi, shu bilan o‘lchov asbobining ishlash samaradorligini oshiradi;
  • MSAN uzkunasi magistral va taqsimlovchi kabellar holatining nazorati. Ishlab chiquvchi: «O‘zbektelekom» AK Namangan filiali. Ishlanma optik kabel yordamida tarmoqqa birlashadigan uskunaga ulangan magistral va taqsimlovchi kabellar va shkaflar holatini nazorat qilish imkonini beradi. Mazkur usulning qo‘llanishida nafaqat magistral va taqsimlovchi kabellar va MSAN ko‘cha shkaflarini, shuningdek, boshqa stansiya kabellari va shkaflarni ham signalizatsiyaga ulash imkoni yuzaga keladi. Shu bilan birga, kabellarning uzilishi, nosozlik holati va o‘g‘irlanishida tezkor ta’sirlanib, kabellarning saqlanishini ta’minlaydi;
  • avtotransport monitoringi (UZGPS) GPS tizimi. Ishlab chiquvchi: «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali BePro markazi bilan hamkorlikda. UZGPS – bu yo‘ldoshli navigatsiyalar, mobil va/yoki radialoqa texnologiyalari, hisoblash texnikasi va raqamli kartalar tizimi asosiga qurilgan ko‘chma obyektlar geovaziyatini qayd etuvchi tizimdir. Kutiladigan natijalar: butun Respublika bo‘ylab davlat va xususiy tashkilotlar uchun monitoring ti-zimlarinig joriy etilishidan iborat. Qo‘llanish sohasi: yuk tashish sohasi; xalqaro yuk tashish; ulgurji va chakana savdo sohasi; agrosanoat majmuasi; farmatsevtika; lizing sohasi; energetika majmualari; yer usti yo‘lovchi tashish transporti; tibbiyot; shaxsiy treking.

uz_2_06_2015_2

uz_2_06_2015_3

Ekspozitsiyalar «O‘zekpomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasining 1-pavilonida joylashtirildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq