Mamlakatimizda hududlarni axborotlashtirish tizimini takomillashtirish borasida loyiha ishlab chiqilmoqda
03.06.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_3_06_2015

KT bo‘yicha hamkorlik yuzasidan joriy yilning 31- maydan 5-iyungacha bo‘lgan davrda Janubiy Koreya Respublikasining vakillari “O‘zbekiston Respublikasi hududlarida axborotlashtirish tizimlarini takomillashtirish borasida ish rejasini tuzish hamda o‘q‘uv mashg‘ulotlarini olib borish” loyihasi boyicha rasmiy tashrif buyurishadi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston sharoitini o‘rgangan holda koreys tajribasini amalda qo‘llash, davlat va xo‘jalik organlarini hozirgi paytda boshqarishda ma’muriy ishlarda AKTni qo‘llash, Toshkent viloyatining Pskent tumanida amalga oshirilayotgan sinov loyihasini o‘rganish asosida olib borilmoqda.

Tashrif jarayonida koreys delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Toshkent shahar va viloyati hokimiyati mutaxassislari bilan uchrashishadi. Koreys delegatsiyasining rasmiy tashrifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26- martda imzolangan № 2518 –sonli topshirigiga binoan “AKT sohasida O‘zbek-koreys hamkorligi” doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Hududlarda axborot texnologiyalarini takomillashtirish hamda tadqiqot o‘tkazish” koreys instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq