“Kompyuterlashtirish markazi” rahbarlari uchun haftalik o‘quv kurslari boshlandi
02.06.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

egov_2_06_2015

2015-yil 2-iyun kuni Toshkent shahrida Respublika hududlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun “elektron hukumat” tizimini tadbiq qilish, hududlarda axborot resurslari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni yanada rivojlantirish va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirilishida mahalliy davlat hokimliklari qoshidagi “Kompyuterlashtirish markaz”larining roli va ahamiyatini hisobga olgan holda markazdagi mutaxassislarning AKT yo‘nalishidagi kasbiy va malakaviy ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirishga qaratilgan haftalik o‘quv seminari boshlandi.

Mazkur o‘quv seminar O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, o‘quv seminarda respublika hududidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari huzuridagi “Kompyuterlashtirish markaz”larining rahbar va xodimlari ishtirok etmoqda. O‘quv seminarining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Fayzullaev Alisher Nasibullaevich, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori Habibullaev Sherzod Habibullaxo‘jaevich hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Muhitdinov Hakim Asrorovichlar ishtirok etdi.

egov_2_06_2015_1

“Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish” mavzusida tashkil etilgan ushbu o‘quv kursi davomida tinglovchilar nazariy bilim olishlari bilan birgalikda, Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarda amaliy-stajirovka o‘tashlari ko‘zda tutilgan. O‘quv seminarini “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining Koreyalik ekspert maslahatchisi janob Kim Sang Tae tomonidan “Davlat boshqaruviga AKTni joriy qilishning milliy modeli. Elektron hukumatni joriy etishda Janubiy Koreya tajribasi” mavzusidagi taqdimot boshlab berdi. O‘quv seminar davomida kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilarning O‘zbekiston milliy kutubxonasiga tashrifi rejalashtirilgan.

O‘quv seminari 5- iyunga qadar davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq