1000 dan ortiq shahar reys avtobuslari Beeline SIM-kartali GPS-trekerlar bilan ta’minlandi
02.06.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori Beeline Beeline Business va Unitar korxona «Toshtransdispetcherxizmat» o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi to‘g‘risida xabar beradi. Shartnomaviy kelishuvlar doirasida, GPS (Global Positioning System) trekerlar Beeline SIM-kartalari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular transport vositasining turgan joyini aniq belgilash uchun ma’lumotlarni qabul qilishga va yuborishga imkoniyat beradi.

beeline_2_06_2015

«Bizning Beeline bilan hamkorligimiz 2010 yildan boshlab davom etmoqda, va biz ushbu loyihani innovatsion mobil operatori bilan boshlaganimizdan hursand bo‘ldik, – deb izoh beradi «Toshtransdispetcherxizmat» UK bo‘limining boshlig‘i Sarvar Pozilov. – Yer ustidagi jamoat transportini ishonchli mobil aloqaga ega zamonaviy navigasiya tizimi bilan ta’minlar ekanmiz, biz uning xarakatlanishini masofada doimiy tarzda monitoring qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz».

Bugungi kunda Beeline aloqasi bilan, 123 ta shahar yo‘nalishlarida xarakatlanayotgan, mingdan ortiq yo‘lovchi tashish avtobuslaridagi GPS-trekerlar ta‘minlangan.

«Tehnologiyalarning jadal rivojlanishi hamda aloqa imkoniyatlarining kengayishi infratuzilmani yanada qulay qilishga imkon beradi, – deb gapiradi Unitel tijorat direktori Maksim Yefremov. – Biz ushbu loyihada qiziqish bilan ishtirok etmoqdamiz, va bizning azalgi hamkorimiz Beeline‘ga tizimning ishlashini ta’minlashni ishonganidan juda mamnunmiz».

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq