“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” Aksiyasini birga tanlaymiz!
01.06.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_1_06_2015

O‘zbekicton — tarixi va madaniyati jihatidan juda boy ko‘p millatli mamlakat hisoblanadi. Qadimiy madrasa va masjidlari, minora va majmualari o‘zining go‘zalligi va salobatliligi bilan lol qoldiradi. Madaniy uyg‘unlik sababli mamlakatimizning har bir burchagida bunyodkorlik obyektlari – ziyoratgohlar, tаrixiy va arxiologik yodgorliklar va albatta takrorlanmas urf va an’analarni uchratish mumkin.

Ularning barchasi davlat himoyasida, hattoki YUNESKOning butun jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan, masalan, Ichan-Qal’a, Samarqand tarixiy markazi, Askiya so‘z o‘yini madaniyati shular jumlasidandir. Ma’lumki, bugungi kunda O‘zbekistonda o‘n mingdan ortiq obyektning bir milliondan ortiqrog‘i qayta ta’mirlangan va ularga bugungi kunda ziyoratchilar tashrif buyurishmoqda. Yana qancha ro‘yxatga va hisobga olinmagan obyektlar mavjud? 

Ushbu madaniy boyliklarni bitta madaniy bazaga to‘plash  maqsadida arxitetektura haykallaridan boshlab tabiat mo‘jizalari hamda urf-odatlarni hammasini yagona tarmoqda birlashtiruvchi

ZiyoNET RM “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” nomli Aksiya e’lon qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad yettita asosiy obidani tanlash uchun barcha o‘z kuchi va hissasini qo‘shish, bo‘lajak avlodlarga yetkazish, madaniy meros haqidagi ma’lumotni tarqatishdan iboratdir

Me’moriy va qadimiy obidalarimizga turistlarni jalb qilish, ommalashtirish maqsadida ZiyoNET tarmog‘ida maxsus “O‘zbekistonning madaniy meroslari” vа “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” bo‘limlari tashkil qilingan.

Barcha madaniy boyligimiz, ya’ni arxitektura va arxeologik yodgorliklarni, tabiiy mo‘jizasi va an’analarimizni bir joyga jamlash maqsadida ZiyoNET “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” umummilliy va xalq Aksiyasini yo‘lga qo‘ydi.

E’tiborga xos tomoni nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish va uni avlodlarga yetkazish, madaniy meros to‘g‘risida keng ma’lumot tarqatishda o‘z hissasini qo‘shadiganlar tomonidan amalga oshiriladi.

ZiyoNET portalida tashkil etilgan  “O‘zbekistonning madaniy merosi” va “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” Aksiyasi O‘zbekistondagi e’tiborga molik joylarni sayyohlar o‘rtasida mashhur qilishga, xalqaro va ichki turizmni rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, mamlakatimiz yoshlari orasida ham milliy madaniy boyligimizni targ‘ibot qilishga imkon berishi bilan juda muhim.

“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” Aksiyasi uch bosqichda o‘tadi:

1-bosqich (may-iyul) foydalanuvchilardan qaysi obyektlarni ro‘yxatga kiritish bo‘yicha takliflar yig‘ish;

2-bosqich (iyul-avgust) “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” Aksiyasiga ovoz berish va aniqlash;

3-bosqich (avgust-sentabr) “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” Aksiyasiga ovoz berish va aniqlash.

Mazkur Aksiyada har kim ishtirok etishi mumkin. Buning uchun ZiyoNET portalidan ro‘yxatdan o‘tish kerak va o‘zi loyiq deb hisoblagan obyekt haqida maxsus shakl yordamida “O‘zbekistonning madaniy merosi” bo‘limiga ma’lumot kiritish lozim.

Bu bino ham, yodgorlik va texnik inshoot, tabiat mo‘jizasi yoki urf-odat ko‘rinishi bo‘lishi ham mumkin.

Bu ma’lumotlar bazaga kiritiladi. Iyul oyining oxirida Aksiyaning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bunda fuqarolar fikriga asoslanib, diqqatga sazovor obyektlar uchun ovoz berish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Obyektlar uchun ovoz berish chegaralanmagan, faqatgina bir-kecha kunduz(sutkada) bir marta amalga oshiriladi. Ovoz berish natijasidan oldin mintaqaviy mo‘jizasilar, undan keyin “O‘zbekiston yetti mo‘jizasi” aniqlanadi.

Har bir taklifga kiritilgan obyekt va u bo‘yicha materiallar barcha manbalar orqali tekshiriladi va  Internet materiallari bilan solishtiriladi.

“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” Aksiyasini o‘tkazish aslida juda qiziq mashg‘ulot ekani ma’lum bo‘ldi. Aksiya boshlangandan buyon juda ko‘p bizning xayolimizga kelmagan obyektlar taklifi kiritildi.

uz_1_06_2015_1

Masalan, Uchquduq-Nukus avtomobil yo‘li yaqinidagi Jaraquduqdagi “Tosh o‘rmon” deb ataluvchi joy. Bu noyob ahamiyatga ega yodgorlik-shunday dinozavr qoldiqlari toshga aylangan g‘aroyib joy hisoblanarkan.

uz_1_06_2015_2

Yoki Chorvoq suv ombori yaqinidagi Obirahmat qoyasi – qadimiy  odamning 50 ming yillik qoldiqlari topilgan makon. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston cho‘llaridagi Chilpiq qal’asi kuchli taassurot qoldirdi. Inshoot yoshi arxeologlar tomonidan aniqlanganda, eramizdan oldin I asr oxiri va I asr boshi ekanligi aniqlandi va u zoroastrik(zardo‘stiylik) marosimlarida foydalanilgan.

Noyob astronomik “Qo‘yqirilgan qal’a”  inshooti Xorazmda eramizgacha IY asrda qurilgan. O‘sha vaqtlardayoq ajdodlarimiz mana shunday murakkab ilm bilan shug‘ullanganlar.

uz_1_06_2015_3

Navoiy shahri yaqinidagi Sangijuman 300 tonna keladigan qimirlovchi toshni hatto yosh bola ham bir barmog‘i bilan qimirlatib yuborishi mumkin.

Hatto noyob nok daraxti ham mavjud, uni yo‘qolgan deb hisoblardilar, lekin Burchmullada bir nusxadagi va Aksakatdagi mingyillik archa ham bunga misol.

uz_1_06_2015_4

Mazkur ro‘yxatni juda uzoq davom ettirish mumkin. “O‘zbekiston madaniy merosi” obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan har biri o‘zicha noyob va takrorlanmas har bir obyekt haqidagi ma’lumotga biz o‘z qo‘shimchamizni kiritishga, aniqlashga harakat qilamiz. Foydalanuvchi Aksiyada qatnashmasa ham ma’lumotlarni o‘qish qiziqarli bo‘ladi.

Hozirgi kunda “O‘zbekiston madaniy merosi” bo‘limida 240dan ortiq obyektlar to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirilgan. Mazkur Aksiya e’tiborga loyiq obyektlarni targ‘ib qilishgagina emas, balki fuqarolarimizni dunyoqarashini kengayotirishga, ularni mamlakatimizning madaniy merosi bilan tanishtirishga xizmat qiladi. To‘liq ma’lumotni, shuningdek, Aksiyaga qatnashish tartib va shartlarini ZiyoNET uz saytidan topish mumkin.

Barcha xohlovchilarni o‘z fikrlarini bildirish uchun taklif etamiz.

Meros.ziyonet.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq