Июнь 2015 arxivlar

Kompyuter o‘yinlaridan noto‘g‘ri taassurotlar yuzaga kelishining oldini olish masalalari

komp_30_06_2015

Bugungi kunda deyarli barcha yoshdagi shaxslar, ayniqsa, bolalar kompyuter (planshet, noutbuk)larda turli o‘yinlar juda ko‘p bo‘lganligi uchun ham muloqotda bo‘ladilar. Ko‘pchilik ota-onalar kompyuter o‘yinlarini kichkintoylarning beminnat «ovunchog‘i» deb biladilar: oldiga qo‘ysang – bola shu bilan ovora bo‘lib, jimgina uyda o‘tiradi, hattoki soatlab o‘tiraveradi, ko‘chada tentirab yurmaydi. Hozirgi davrda mobil telefon, planshet, smartfon, notbuk va kompyuter kabi qurilmalar mavjud bo‘lmagan oilani uchrata olmaymiz, shu sababli ham kichkintoylar olamni anglay boshlagan ilk kunlaridanoq mazkur qurilmalarga qiziqa boshlaydilar.

Muallif: Guliston Abdalova, Sayyora Mirzayeva

Elektr aloqa sohasining buyuk namoyondalari

elek_30_06_2015

“O‘zbekiston aloqa tarixi” muzeyi binosining uchinchi qavatida namoyish etilgan “Elektraloqa asoschilari” stendida jahon aloqa sohasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan mashhur olim va ixtirochilar qatoridan buyuk fizik–olim, muhandis va ixtirochi – Nikola Tesla ham o‘rin olgan. O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyi eksponatlari bilan tanishishda davom etib, navbatdagi sahifamizni mazkur buyuk siymoning hayot va faoliyati haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni yoritishga bag‘ishladik.

Muallif: Tohirjon Nazarjonov

Google Analytics’ning ishlash tamoyili va tahlili

google_30_06_2015

Google qidiruv giganti tomonidan taklif etiladigan, Google Analytics o‘ziga xos servis bo‘lib, u o‘zida statistik saytni ifoda etadi. U trafik manbalari va kalitli so‘zlar marke bo‘yicha statistika kabi muhim elmentlarni o‘z ichiga oladiki, ular o‘z navbatida, marketing kompaniyasi bilan yordam ko‘rsatadi.

Muallif: T.O.Mirzakulov, K.B.Axmedjanova, SH.O. Iskandarova,

Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining elektron kutubxonasi

bit_29_06_2015

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2014-yilda himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalarning va bitiruv malakaviy ishlarining elektron kutubxonasi yaratildi va foydalanishga topshirildi. Elektron kutubxona bazasiga universitetning O‘zbekistonning beshta shahridagi filiallarida tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlari (BMI) va himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalarining to‘liq matnti kiritilgan. Bugungi kunda elektron kutubxona ma’lumotlar bazasida 1400 dan ortiq BMI va magistrlik dissertatsiyalari to‘liq matni mavjud.

Muallif: Ulug‘bek Karimov, O‘ktam Karimov

Kasaba uyushmalari hayoti: ehtirom va e’tibor

kas_29_06_2015

“O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filiali va viloyat aloqa xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi 2014-yil davomida “Yagona jamoa shartnomasi” majburiyatlarini o‘z vaqtida ado etishga muvaffaq bo‘ldi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish, ishchi-xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, turmush darajasini yuksaltira borish borasidagi ishlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Jamoa tomonidan 2014-yil davomida viloyat xalq xo‘jaligi va aholisiga jami 21 mlrd 42 mln so‘mlik telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatildi.

Muallif: Hafiza Salyahova

Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestrini shakllantirish va foydalanish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-sonli Qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida» 2005-yil 22-noyabrdagi 256-sonli qaroriga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati yuridik va jismoniy shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish tartibi, shartlarini belgilaydi.

Muallif: Nigora Umarova

Kim bo‘lsam ekan?

kim_29_06_2015

Maktabdagi eng baxtli bolalik, o‘quvchilik davri ham ortda qolib, biror o‘rta maxsus ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni davom ettirish, ya’ni kelajakda faoliyat yuritishni maqsad qilib, kasb tanlash vaqti ham yetib keldi. Shunday davrda, ayniqsa, umumiy ta’lim maktablaridagi bitiruvchi sinflarning barcha o‘quvchilari oldida yuqoridagi savol yanada dolzablashadi.

Muallif: Baxtiyor Akmuradov