O‘zbekiston va Koreya davlat elektron xizmatlari yuzasidan tajriba almashmoqda
30.05.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

korea_30_05_2015

Koreya Respublikasining Kyongido viloyatida “Boshqaruvchilik malakasini oshirish global dasturi” asosida ta’lim olib borilmoqda. Ushbu dastur tizimi asosida o‘qitish aprel oyidan oktyabrgacha davom etib, o‘zbekistonlik 13 ta davlat tashkilotining mutaxassislari u yerda malaka oshirishmoqda.

Dastlabki to‘rt oy mobaynida O‘zbekiston vakillari ma’muriy va innovatsion jarayonlar siyosati, davlat elektron xizmatlari, vazirliklarni boshqarish va ichki ishlarida AKTni qo‘llash, Axborot jamiyati Milliy agentligi (NIA)ning faoliyati bilan mas’ul lavozim mutaxassislarini tayyorlaydigan Markaziy institutida tanishishadi. Qolgan ikki oy esa mahalliy internet texnologiyalari kompaniyalari, davlat tashkilotlari va universitetlarida amaliyot tarzida otib, tehsil oluvchilar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashadi.

korea_30_05_2015_1

Mashg‘ulotlar paytida malaka oshiruvchilar tizim samaradorligini oshirish haqidagi taqdimotlar o‘tkazishadi. “Boshqaruvchilik malakasini oshirish global dasturi” 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasi va Koreya Respublikasining rahbar xodimlarni tayyorlash Markaziy instituti tomonidan imzolangan memorandumga muvofiq amalga oshirilmoqda. Dastur “elektron hukumat” bo‘yicha hamkorlik o‘zbek-koreys qo‘shma-loyihasining bir qismi hisoblanadi.

korea_30_05_2015_2

Manba: www.korea.net

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq