Normativ-huquqiy hujjatlar baholash tizimi portal sifatida ishga tushdi
30.05.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

norm_30_05_2015

2015- yil 27- may kuni internet tarmog‘ida ishga tushirildi.

Barchamizga ma’lum-ki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini muhokama qilish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni baholash tizimi ushbu yilning yanvar oyidan ishga tushirilgan edi. Ushbu tizim orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlari ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni baholash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Hozir Yagona portalda muhokama uchun joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari soni jami 96 tani tashkil etib, ular bo‘yicha bildirilgan 247ta fikrning 86 tasiga javob berilgan (53 tasi qabul qilingan, 33 tasi rad etilgan). Shuningdek, 18 ta to‘ldirilgan savolnomalardan 10 tasi ko‘rib chiqilgan, 6 tasi ko‘rib chiqish jarayonida, 2 tasi yangi shakllantirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti takidlaganidek, davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ahamiyati yuqori darajada ekanligini, hamda aholi va tadbikorlik sub’ektlari tomonidan talabni hisobga olgan holda O‘zbekistton Respublikasi axborot texnologiyalari komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarligida UZINFOCOM Markazi tomonidan 2015- yilning 27- mayida internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarini muhokama qilish portaliishga tushirildi.

Portaldan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Portalning internet tarmog‘idagi manzili: regulation.gov.uz

Eslatma: Portal sinov tariqasida ishga tushirildi.

Manba: regulation.gov.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq