Davlat tashkilotlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochishmoqda
30.05.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

davlat_30_05_2015

Bugun “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va davlat tashkilotlarining axborot xizmati mutaxassislari bilan elektron hukumat rivojlanishi reytingini ko‘rsatuvchi “elektron xizmatlar” IV- bo‘limi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda facebook.com va twitter.com ijtimoiy tarmoqlarida davlat tashkilotlarining sahifasini yuritish borasida fikr almashindi.

BMTTD ekspertlari yig‘ilganlarga davlat tashkilotlarining faoliyatini yoritishning asosiy jihatlari yuzasidan amaliy maslahat beruvchi taqdimot namoyish etishdi. Faysbuk yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sahifa yuritish tashkilot haqidagi xabarlarining doimiy ravishda yangilanishini ta’minlaydi hamda ushbu xabarlardan OAVi aholini tanishtirib borishda foydalanishlari mumkin.

O‘zbekistоn Respublikаsi Mehnаt vа аhоlini ijtimоiy muhоfаzа qilish vаzirligining matbuot xizmati rahbari so‘zga chiqib, faysbukdagi sahifa tashkilotlarga xabar yetkazishni ancha osonlashtirganligini, shuningdek, ushbu tarmoqlarda e’lon qilingan davlt xizmatlarining faoliyati undan foydalanuvchilarga qay darajada ta’sir etishi, undan foydalanish jarayoni, qulaylik va kamchiliklarini bilishda amaliy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan xabarning axborot xavfsizligi, provakatsion savol yoki javoblarga nisbatan munosabat xususida BMTTD ekspertlari, agar xabar shunday mazmunga ega bo‘lsa, unga umuman ahmiyat bermaslik va uni tahrir qilish jarayonida o‘chirish kerakligini aytishdi

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq