Toshkentda “Kiberolam va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida xavfsizlik” mavzusida ikki kunlik seminar bo‘lib o‘tdi
22.05.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2015-yil 20-may kuni Toshkentda “Kiberolam va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida xavfsizlik” mavzusida ikki kunlik seminar boshlandi. Ushbu tadbirda 40dan ortiq ishtirokchi, shu jumladan, Avstriya, Estoniya, Fransiya, Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, AQSHdan 10 nafar xalqaro mutaxassislar hamda O‘zbekiston Respblikasi Oliy Majlisi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi va ichki ishlar vazirliklari, ilmiy doiralar va ta’lim muassasalari vakillari yig‘ilishdi.

Ushbu tadbir xalqaro va milliy mutaxassislar o‘rtasida kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalar borasida fikr almashish uchun sharoit yaratdi. Seminarda, xalqaro va milliy axborot xavfsizligini ta’minlash, Internet jahon axborot tarmog‘ida targ‘ib etilayotgan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan qidiruv va tergov ishlari sohasidagi ilg‘or tajribalar borasida fikrlar almashildi. Tadbirda seminar ishtirokchilari tomonidan kiberjinoyatchilik, kiberterrorizm sohasidagi mavjud tahdidlar, xalqaro va mahalliy miqyosda unga qarshi kurash borasida qo‘llanilayotgan strategiyalar muhokama qilindi.

“Kiberjinoyatchilik – bu o‘z qurbonlaridan minglab kilometr uzoqlikda joylashgan kiberjinoyatchilar oldida odamlarni himoyasiz qilib qo‘yuvchi yangi turdagi xatardir”, – dedi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Abrorjon Otajonov o‘z kirish nutqida. U o‘z nutiqini: “Biz bunday turdagi tahdidlarga faqatgina xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilish hamda har tomonlama puxta o‘ylangan milliy strategiyamizni ishlab chiqish va rivojlantirish orqaligina qarshi kurasha olishimiz mumkin.” – deb yakunladi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YEXHT) Transmilliy tahdidlarga qarshi kurash departamentining kiberxavfsizlik sohasidagi maslahatchi Ben Xillerning aytishicha: “YEXHT o‘zining har tomonlama va inklyuziv yondashuvi bilan axborot texnologiyalari sohasidagi turli tahdidlarga qarshi kurashda milliy va xalqaro yondashuvlar orasida ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi va turli kibertahdidlarga qarshi kurashayotgan manfaatdor tomonlarga bir-birining sa’y-harakatlarini o‘zaro to‘ldiruvchi uslubda rivojlanishga imkon beradi”.

Ushbu tadbir Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Transmilliy tahdidlarga qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga kadrlar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish sohasida ko‘maklashish bitimi asosida tashkillashtirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq