Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi
20.05.2015
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Joriy yilning aprel oyida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 141 ta davlat tashkilotlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilayotganligi aniqlandi.
Shu bilan bir qatorda ushbu davlat tashkilotlari tomonidan 688 ta interaktiv davlat xizmatlari YIDXPda ko‘rsatilayotganligi hamda ushbu xizmatlardan 26 tasi to‘liq ish faoliyatida emasligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli ma’lumot taqdim etildi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq