«O‘zbekturizm» MK elektron hisobot tizimini joriy qildi
15.05.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Zamonaviy axborotlashuv va kompyuterlashtirish jarayonlari tezik bilan rivojlanayogan davrda mamlakatimizda ham bu borada yangi axborotlarni va jarayonlarni talab etmoqda.
Boshqa sohalar kabi turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan sayyohlik sub’yektlari faoliyatida ham zamonaviy AKT va dasturlarni joriy etish zarur hisoblanadi.
Ushbu talablarni hisobga olgan holda, “O‘zbekiston Respublikasiga sayyohlarning kirish va chiqish tartibi to‘g‘risidagi” Qarori doirasida o‘rnatilgan ma’lumotlarni taqdim etishga mo‘ljallangan jarayonlar “O‘zbekturizm” MK tomonidan ishlab chiqilgan yagona elektron tizimi orqali qabul qilina boshlandi.
Ushbu dastur turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar “O’zbekturizm” MKga ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarni osonlashtirib, uni tez va sifatli bajarilishini ta’minladi.
Tizim dasturi bilan tanishish va foydalanish qo‘llanmasini shu yerdan ko’chirib olishingiz mumkin.
Dasturdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan login va parolni “O‘zbekturizm” MK da olishingiz mumkin.