«Beeline» birinchi chorakdagi faoliyati natijalarini e’lon qildi
14.05.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Beeline» mijozlar bazasi 2015 yilning I choragi natijalari bo‘yicha 10 356 000 kishini tashkil etdi.

beeline_14_05_2015

13 may kuni telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi VimpelCom Ltd halqaro provayderi (O‘zbekistonda Beeline savdo belgisi) 2015 yil I choragining moliyaviy va operatsion natijalarini taqdim etdi.

Davr natijalariga ko‘ra «Beeline» abonentlarining soni 10 356 000 kishini tashkil etdi. Mobil aloqasining bir abonenti uchun o‘rta statistik hisob 12 819 so‘mni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 14%ga ko‘p. Shunda MOU ko‘rsatgichi (bir oy davomida bir abonent sarflagan daqiqalar soni) 491 daqiqani tashkil etdi.

Respublika uyali aloqa bozoridagi yetakchisining sof operatsion foydasi yanvardan mart oyiga qadar 409 milliard so‘mni tashkil etdi.

«Avval e’lon qiliganidek, 2015 yildan boshlab O‘zbekistonda «Beeline» hisobotni shu yerdagi valyutada taqdim etadi, shu bois bizning hisobotimiz mijozlarimiz uchun yanada qulay va tushunarli bo‘ladi, — deydi «Unitel» MChJ bosh direktori Vladimir Petrov. — Birinchi chorak mobaynida biz ko‘p narsani ulgurdik, ham xizmat ko‘rsatish borasida, agentlik tarmog‘imizni yaxshiladik, butun 3G tarmog‘i bo‘yicha innovatsion «Hozirlik effekti» HD-texnologiyasini ishga tushirdik. Yil so‘ngiga qadar yangi baza stansiyalarini ishga tushirish borasida yana ko‘p mehnat qilishimiz darkor, bizning jamoamiz bu maqsadga erishishiga ishonaman».

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq