«Korean Air» aviakompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
07.05.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

kor_7_05_2015

2015 yilning 5 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Korean Air» aviakompaniyasi prezidenti janob Chi Chang Xun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya respublikalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, xususan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida kadrlar tayyorlash yuzasidan ikki tomonlama aloqalar muhokama qilindi.

Jumladan, tomonlar mazkur hamkorlikning yorqin namunasi hisoblangan, 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va Janubiy Koreya Respublikasi hukumatining qo‘llab-quvvatlashi, hukumatlarning sa’y-harakatlari natijasida qisqa muddat ichida qurib, faoliyati tashkil qilingan, nufuzli Toshkent shahridagi Inha universitetini e’tirof etishdi.

Shu bilan birga, xorijda tashkil etilgan Koreya Respublikasining ilk hamkorlikdagi oliy ta’lim muassasasi ekanini inobatga olib, Toshkent shahridagi Inha universitetining istiqboldagi faoliyatini zamonaviy talablar asosida yanada takomillashtirish muhimligi qayd etildi.

Tomonlar universitetni qo‘llab-quvvatlash, xususan ta’lim maskani hududidagi qurilish ishlarini davom ettirish, zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, o‘quvlarga Koreya Respublikasi hamda mamlakatimizning malakali pedagoglarini jalb qilish yuzasidan kelishib oldilar.

Janubiy Koreyaning yirik va nufuzli «Korean Air» aviakompaniyasi Koreyaning Inha universiteti muassisi hisoblangan «Hanjin Group» kompaniyalari guruhi tarkibiga kiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq