“O‘zbektelekom” AK O‘zbekistonning tarixiy obyektlari va madaniy merosi hamda faol turistik hududlarida Wi-Fi tarmog‘i loyihasini taqdim etadi
06.05.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi tarixiy va madaniy merosi hududlarida, shuningdek, jamoat uchun mo‘ljallangan hamda faol turistik obyektlarida simsiz abonent radioulanish tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha loyihasini taqdim etdi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasining quyidagi Qarorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-martdagi “Xorazm viloyatida turizm sohasini 2013-2015-yillarda rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi 1940-PQ sonli Qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 26-fevraldagi “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi to‘g‘risida”gi 618-I sonli qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-noyabrdagi “Qashqadaryo viloyatida 2013-2015 yillarda rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi 294-sonli qarori.
4. O‘zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-avgustdagi “Surxondaryo viloyatida 2013-2015 yillarda rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi 01-02-4-10 sonli majlis bayoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-fevraldagi “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrini qayta qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha kompleks choralar dasturi to‘g‘risida”gi 31-sonli qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-sentabrdagi “Toshkent viloyatida 2013-2015 yillarda rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi 259-sonli qarori.
2014-yilda “O‘zbektelekom” AK Xorazm viloyatining tarixiy muzey-shahri “Ichan Qal’a”da optik aloqa kanallarini tashkil etish va muvofiq radiouskunalarini o‘rnatish yo‘li bilan abonentlarni simsiz radioulanish test zonalarini foydalanishga topshirishni amalga oshirdi.
Simsiz WiFi-tarmog‘ini testdan o‘tkazish uchun foydalanishga topshirish natijasi bo‘yicha, respublikamiz mehmonlari va aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, kompaniya tomonidan Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatining tarixiy va madaniy meros obyektlari, shuningdek, turistik zonalari, mehmonxona, aeroport va vokzallari tarmoqlarida simsiz WiFi tarmog‘ini tijorat qurilishi bo‘yicha loyiha amalga oshirildi.
Bugungi kunda “O‘zbektelekom” AK tomonidan WiFi texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanishni taqdim etadigan uskunalarni barcha montaj qilish va sozlash ishlari yakuniga yetkazildi, shuningdek, Internet xizmatidan foydalanish uchun oldindan to‘lov kartalari chiqarilgan.
“O‘zbektelekom” AK Wi-Fi tarmog‘ining qulayligi shundaki, foydalanuvchilar bir karta yordamida “O‘zbektelekom” AK tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha obyektlarida Internet xizmatidan foydalana oladilar. Agar abonent, masalan, kartani Xiva shahrida sotib olgan bo‘lsa, undan Termiz shahrida ham, Qarshi va Shahrisabz, shuningdek, “O‘zbektelekom” AK Wi-Fi tarmog‘i qoplash zonasining boshqa joylarida ham foydalanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda “O‘zbektelekom” AK Wi-Fi tarmog‘i qoplash zonasi o‘zida 27ta obyektni jamlagan:
• Xorazm viloyati: «Ichan Qal’a» muzeyi, Urganch shahri aeroporti, Urganch shahri markaziy temir yo‘l vokzali;
• Qashqadaryoviloyati: Qarshi shahri aeroporti va temir yo‘l vokzali, “Abdulaziz” madrasasi, “Al Jarroh” majmuasi, Qarshi shahr o‘lkashunoslik muzeyi, “Shahrisabz” mehmonxonasi, “Daorus-Saodat” majmuasi, “Oqsaroy” majmuasi, “Ko‘k gumbaz” majmuasi, Amir Temur muzeyi;
• Surxondaryo viloyati: Termiz aeroporti va temir yo‘l vokzali, “Meridian” mehmonxonasi, “Surxon” mehmonxonasi, “At-Termiziy avliyo ota” tarixiy majmuasi;
• Toshkent viloyati: “Chinaras” restorani, “Xumson” dam olish zonasi, “Archazor” dam olish zonasi, “Xo‘jakent” dam olish zonasi, “Yangiobod Chotqol Marvariti” dam olish zonasi, “Kumushkon” dam olish zonasi, «Gornyak» NTMK dam olish zonasi, «Kichik Chimyon» dam olish zonasi, Chimyon Osma (Kanat)-suyanchiqli tabiiy chegara yo‘li.
Kompaniya rejalarida WiFi-tarmog‘ini butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab kengaytirish belgilangan.