Qonunchilik hujjatlari ta’sirini baholash tizimini istiqbolda takomillashtirish masalasi muhokama qilindi
02.05.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

qonun_2_05_2015

2015 yilning 29 aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Qonunchilik hujjatlari ta’sirini baholash tizimini istiqbolda takomillashtirish bo‘yicha muhokama tashkil qilindi.

Muhokamada Adliya vazirligi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, “UZINFOCOM” markazi vakillari, shuningdek BMT Taraqqiyot dasturinig yurtimizdagi vakillari, soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Qonunchilik hujjatlarining samaradorligini baholash tizimi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PF-4609-son farmonida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan joriy qilingan.

Yig‘ilishda loyiha mas’ullari, hamkor tashkilotlar tomonidan Qonunchilik hujjatlari ta’sirini baholash tizimini istiqbolda takomillashtirishga oid tatbiq qilinishi ko‘zda tutilayotgan yangi imkoniyatlar taqdim qilinib, o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq