Tadbir ingliz tilidagi taqdimotlar bilan o‘tkazildi
29.04.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Dildora Malikova.

tad_29_04_2015

Odamzod va tabiat bir-biriga chambarchas bog‘liq. Tabiat betakror mo‘jizalar olami sifatida har faslda o‘zining ko‘rku chiroyi, go‘zal tarovatini ko‘z-ko‘z qilib, erkaligu injiqligini namoyon etadi, bunday o‘zgarishlar inson fe’l-atvori, salomatligi va xatti-harakatiga ham ta’sir qiladi. Bu, ayniqsa, ko‘klam yaqinlashib, bahor nafasi ufurgan sayin dillarda mehr-oqibat, sahovat, muruvvat kabi ezgu-fazilatlar jo‘sh urishi, barcha yon atrofda bayramu shodiyonalar avj olishida namoyon bo‘ladi.

O‘zbekistonimiz jahon hamjamiyati oldida nafaqat izchil islohotlari, balki ma’naviy qadriyatlarni tiklashga qaratayotgan e’tibori tufayli ham obro‘ qozonib bormoqda. Bahor kelishi bilan har qadamda shunday qadriyatlarimiz ruhi sezilib turadi.

Bahor va yoshlik egizak tushunchalardir. Shundan kelib chiqib, barcha ta’lim mussasalari, kasb-hunar kollejlarida bo‘lganidek, Toshkent Aloqa kasb-hunar kolleji o‘qituvchi va mutaxassislari hamda o‘quvchilari tomonidan ham «Bahor va milliy an’analar» — mavzusida shodiyona bayram tadbiri hamda «Men nechun sevaman — O‘zbekistonni» mavzusida insho ko‘rik tanlovlari o‘tkazildi.

Mehr-muruvvat, bag‘rikenglik singari insoniy fazilatlar timsoli — bahor bayramlariga atalgan bahoriy taomlar bilan bezatilgan dasturxon atrofiga mehmonlar, o‘qituvchi va mutaxassislar hamda o‘quvchilar jam bo‘lishdi.

tad_29_04_2015_1

Bayram dasturini Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji direktori Rustam Adxamov ochib berdi, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Muzaffar Axmedov tadbirni olib bordi. Bayramona ruhda o‘tkazilgan tadbirda barcha fakultet o‘qituvchilari mavzu yuzasidan so‘zga chiqib, turli sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar. Azarbayjon madaniyat markazi raqqosa qizlarining dasturlari shodiyonaga o‘zgacha ruh baxsh etdi.

Mazkur tadbir davomida F. Tashmuhamedova, A. Yabbarova, D. Turaqulova, X. Hakimova, U. Ibrohimova, A. Yusupova, D. Malikova, N. Tashmuhamedova, S. Qobulova, D. Haydarova, M. Artiqova kabi xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilardan K. Anvarov, X. Yusupov, A. Mahmudjonov va boshqalar ishtirokida ingliz tilida tayyorlagan taqdimotlar namoyish etildi.

tad_29_04_2015_2

Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari, Axborot resurs markazi xodimlari tayyorlagan tadbirda kollejning Kommutatsiya tizimlari, Uzatish tizimlari, Radio va televideniye, Pochta aloqasi fakultetlari o‘quvchilari, ayniqsa, faol ishtirok etdilar.

Kollej o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan, milliy qadriyatlarimizni ingliz tilida yoritgan taqdimotlar bayram tadbiri mazmunini yanada boyitdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq