O‘zbekistonda e-hukumat rivojiga oid masalalar muhokama qilindi
29.04.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

el_29_04_2015

28 aprel Aloqa tarixi muzeyida xalqaro ekspertlar, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida “O‘zbekistonda elektron hukumat rivoji” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda internet tarmog‘ining data.gov.uz manzilida faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali faoliyati, uning elektron hukumat tizimi rivojidagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, Ochiq ma’lumotlar portali davlat idoralari faoliyatining ochiqligi, aholining hukumat miqyosida olib borilayotgan chora-tadbirlardan boxabar qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, muhokamalarda Yagona portalda joriy qilinayotgan so‘nggi loyiha va xizmatlar bilan tanishdilar. Xususan, soha mutaxassislari, ekspertlar tomonidan Me’yoriy hujjatlar ta’sirini muhokama qilish tizimining demokratik islohotlar hamda jamoatchilik fikrini o‘rganishdagi o‘rni, xalqaro tajriba qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilariga elektron hukumat tizimining joriy qilinish holatini baholashda muhim omil hisoblangan fuqarolarning elektron ishtiroki to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi mashg‘ulotlarni xalqaro ekspertlar ishtirokida joriy yilning 29-30 aprel kunlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Xalqaro ekspertlarning mazkur maxsus tashrifi BMT ning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirishda e-hukumat tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq